Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni hukumatiga aloqador shaxslar Facebookʼda soxta akkauntlarni boshqargan - Reuters
Saudiya Arabistoni hukumatiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan shaxslar davlat siyosatini propaganda qilish maqsadida soxta akkauntlarni boshqarib kelgan, deya bayonot tarqatdi Facebook rasmiy vakili.
Kompaniya vakiliga ko‘ra, 1,4 million follouverga ega 350dan ortiq akkaunt va sahifa yo‘q qilindi. Yaqin Sharq mamlakatlari ijtimoiy tarmoqlar, xususan Facebook, Twitter va Googleʼning Youtube videoportalidan siyosiy imidjni shakllantirishda foydalanishmoqda. Bunda jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘limi va uning atrofida paydo bo‘lgan mashmashalar, Qatarning obro‘sizlantirilishi masalasi misol bo‘la oladi.
Facebook kiber xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Natanel Glesherning aytishicha, o‘chirib tashlangan akkauntlarni Saudiya hukumatiga yaqin shaxslar boshqargani aniqlandi. Ular tarqatgan xabarlarni keng ommaga yetkazish uchun 100 ming dollarga teng reklama xizmatlaridan foydalanilgan.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026