Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent hokimligi: tadbirkorlarni mustaqillikning 28 yilligi yozuvi tushirilgan yorliqlarni xarid qilishga majbur etayotgan shaxslar bizga aloqador emas
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Toshkent shahar hokimligi vakillari sifatida tanishtirib, tadbirkorlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi yozuvi tushirilgan bayramona yorliqlarni xarid qilishga majbur etayotgan kishilar haqida ma'lumotlar tarqaldi.

Toshkent shahar hokimligi ushbu ma'lumotlar yuzasidan maxsus xabar bilan chiqdi. Qayd etilishicha, bu ishning hokimlikka aloqasi yo‘q.
“Ogoh bo‘ling! Barchangizni bu ishning hokimlikka aloqasi yo‘qligi, firibgarlik ekanligi haqida ogohlantirib, ayyorlik yo‘li bilan pul ishlayotgan bunday kishilar ta'siriga tushib qolmaslikka chaqiramiz”, - deyiladi hokimlik xabarida.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026