O‘zbekiston | 07:44 / 02.08.2019
3350
3 daqiqa o‘qiladi

«O‘zagrotexsanoatxolding» tizim korxonalarida qator kafedralar filiallari tashkil etiladi

Foto: O‘zagrotexsanoatxolding

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta'minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berildi:

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining sohaga oid tegishli kafedralari filiallarini “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalarida tashkil etish;

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi hamda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta'lim muassasalariga sirtqi va kechki ta'lim shakllariga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish;

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalarining rahbarlik lavozimlariga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tavsiya etiladigan xorijiy oliy ta'lim muassasasini tugatgan yoki ilmiy darajaga ega nomzodlar orasidan tanlov yo‘li bilan lavozimga tayinlash;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining tavsiyasiga muvofiq “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizimi korxonalarida lavozimga tayinlangan professor-o‘qituvchilarning oliy ta'lim muassasasidagi ish joyi va o‘rtacha oylik ish haqini 2 yil davomida saqlab qolish.

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ o‘zining tarkibiga kiruvchi korxonalarda talabalar dars mashg‘ulotlari hamda amaliyot o‘tkazish uchun auditoriyalarning tashkil etilishi va ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida ishlashiga sharoit yaratilishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid