O‘zbekiston | 10:17 / 02.08.2019
5535
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda sun'iy yo‘ldosh ma'lumotlardan foydalaniladi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, OneSoil, Boston Consulting Group kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida sun'iy yo‘ldosh ma'lumotlardan foydalanishga doir bitim imzolandi. 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugungi kunda prezident tomonidan qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi sub'yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishga e'tibor qaratilmoqda. 

Mazkur bitim “Aqlli qishloq xo‘jaligi” Konsepsiyasi doirasida qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali O‘zbekistondagi yer maydonlari va ekinlarini obektiv xaritalashga doir ishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Loyiha mamlakatdagi bitta viloyati misolida pilot tarzda amalga oshirilib, bu borada dalalardagi ekinlarni multispektral diapazondagi yo‘ldosh suratlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Joriy yilning avgust oyida qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish va ekinlarning o‘sishi sharoitlari bo‘yicha ma'lumotni aniqlash, yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha investitsiya portfelini yaratishga qaratilgan seminarlar o‘tkaziladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid