Texasdagi otishma qurbonlari soni 20 nafargacha oshdi
AQShning El-Paso shahridagi (Texas shtati) supermarketda sodir etilgan otishmada 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda jurnalistlarga shtat gubernatori Greg Ebbot xabar berdi.
Avvalroq 10 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorning ma'lum qilishicha, qurbonlar orasida 3 meksikalik ham bor.
El-Paso politsiya boshlig‘i Greg Allen 26 kishi yaralanganini ma'lum qilgan.
Otishma 3 avgust shahardagi Walmart savdo markazida yuz bergan. Politsiya otishmada gumon qilingan bir kishini qo‘lga olgan.
NBC telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, Dallasda yashovchi 21 yoshli erkak qo‘lga olingan. Politsiya boshlig‘i gumonlanuvchi qo‘llagan qurol turini aytishdan bosh tortgan, biroq ba'zi materiallarda u AK-47 avtomati bilan tasvirlanganini ma'lum qilgan. Allenning ta'kidlashicha, gumonlanuvchi voqea joyida politsiyaga taslim bo‘lgan.
Politsiyada jinoyat sababi hali o‘rnatilmagani va adovat negizidagi jinoyat moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, gumonlanuvchi otishmani sodir etishdan oldin tvitterdagi sahifasida Yangi Zelandiyadagi masjidlarda sodir etilgan va 50 kishining o‘limiga olib kelgan teraktni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi manifestni e'lon qilgan.
Mavzuga oid
11:50 / 20.09.2024
Wildberries ofisidagi otishmada ishtirok etganlar tergov izolyatoriga jo‘natildi
10:28 / 20.09.2024
AQShda sherif sudyani otib o‘ldirdi
21:09 / 19.09.2024
AQShdagi kimyo zavodida yuz bergan yong‘inni to‘rt kundan beri o‘chirib bo‘lmayapti
12:40 / 19.09.2024