«Aksariyat tadqiqotlarimiz rivojlangan davlatlarga boy berib bölingan sohalarga qaratilgan» - ÖzFA tadqiqotçisi bilan suhbat
|20:52 / 23.07.201919 55818 min
«Ilm-fan juda qimmat soha va katta investitsiya talab qiladi. Raqobatbardoş ilmiy natija olmoqçi bölsak, avval dunyodagi ilğor laboratoriyalardagi şaroitni yaratişimiz zarur... Aksariyat tadqiqotlarimiz rivojlangan davlatlarga boy berib bölingan sohalarga qaratilgan. Ta'lim öz mohiyatini şaklga boy berib böldi... Bizning sanoat texnologik jihatdan ança qoloq. Innovatsiyalar işlaşi uçun iloji boriça iqtisodni erkinlaştiriş, unga ta'sir etuvçi salbiy riçaglarni yumşatiş talab etiladi».
Kun.uz tahririyati bugungi ilm-fan va ta'lim, innovatsion tadqiqotlar, nanotexnologiya va ularning ahamiyati haqida Özbekistonda ilmiy faoliyat bilan şuğullanayotgan tadqiqotçilar bilan suhbatlar taşkil etişni boşlamoqda. Şu maqsadda ÖzFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti tayanç doktoranti Rustam Aşurov bilan suhbat uyuştirdi. Unda ilm-fan, sanoat va iqtisodiyotga aloqador bir-biriga boğlangan tizimli muammolar, mulohazalar, takliflar, şuningdek, ion-plazma va lazer texnologiyalari sohasida amalga oşirilayotgan tadqiqotlar xususida söz boradi.
- Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, ilmiy faoliyati haqida ma'lumot bersangiz?
- Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti Özbekistonda fizikaviy elektronika, issiqlik fizikasi, optika va lazerlar fizikasi, şuningdek, plazma texnologiyalari böyiça yetakçi ilmiy muassasa hisoblanadi. Hozirda institutda 8 ta ilmiy laboratoriya faoliyat yuritmoqda.
- Bizda laboratoriya deganda tört devor xona, probirkalar, ximikatlar tuşuniladi. Umuman, laboratoriya haqidagi fikr-tasavvurlarimizni tiniqlaştirib olsak.
- Laboratoriya ilmiy ğoyalarni şakllantiruvçi, ularni töğri yoki notöğri ekanligini tajribalar yoki nazariy tadqiqotlar orqali tasdiqlaş uçun zarur şart-şaroit va qurilmalar jamlanmasidir. Tadqiqotçida qanaqadir ğoya uyğonadi va u tajribalar orqali öz ğoyasining taqdirini hal qiladi. Ilmiy ğoyaning taqdiri esa, tadqiqotçining salohiyatidan taşqari, bevosita laboratoriyaning imkoniyatlariga ham boğliq. Aslida, laboratoriya taşkil qiliş köpçilik öylagandek oson iş emas. Ayniqsa, eksperimental tadqiqotlar talab qiladigan tabiiy va aniq fanlarda.
Mavzuga oid
Laboratoriya faqat ximikat va probirkalardan iborat, deyiş biroz yangliş tuşunça. Laboratoriya mukammal bölişi uçun, eng avvalo, tadqiqotlar turi va xarakteridan kelib çiqib bino loyihalanadi. Qayerdadir öta nozik optik qurilmalar uçun “parazit” tebranişlarning oldini oliş maqsadida bino fundamentidan alohida kötarilgan platforma talab qilinsa, qayerdadir qöşimça ta'minot uçun alohida şaxtalar kerak böladi. Şu sababli ilmiy laboratoriyalar joylaşgan binolar odatda murakkab va maxsus loyihalaştirilgan binolar hisoblanadi.
Şundan söng eksperimental laboratoriyalarning infratuzilmalari şakllantiriladi: suv tozalovçi qurilmalar, turli gazlarni transport qiluvçi quvurlar va kompressorlar, havo tozalaş uskunalari, umumiy va maxsus kanalizatsiya. Köpgina zamonaviy ilmiy tadqiqotlar ötkaziluvçi joyda öta toza şaroit mavjud bölişi talab etiladi. Çunki ilmiy tadqiqotlar natijalari bevosita laboratoriya muhitiga boğliq. Şu sababli maxsus toza xonalar (clean room) taşkil qilinadi va bunday muhitda tadqiqotlar olib borişda maxsus madaniyat şakllangan. Afsuski, Özbekistonda bunday madaniyat yetarliça şakllanmagan, ya'ni tadqiqot natijalariga taşqi muhit ta'siri sezilarli.
Ilmiy natijalarimiz dunyoda yetarliça raqobatbardoş emasligini ma'lum miqdorda şu omil bilan boğlasa böladi. Rivojlangan davlatlarda tadqiqot ötkaziladigan laboratoriyaning tozalik şaroitlariga öta jiddiy qaraladi. Yuqorida sanab ötilgan şaroitlar yaratilgandan söng laboratoriyani jihozlaş zarur böladi. Ana şu yerda laboratoriya taşkil qilayotgan şaxsdan tadqiqotlar, ğoyalar va qöyilayotgan maqsadlar haqida töliq ma'lumotga ega böliş talab qilinadi. Çunki laboratoriya uçun aynan qaysi qurilmani xarid qilişni biliş va ularga texnik talablarni töğri tuza olişning özi bir san'at.
Afsuski, yangi jihozlangan köpgina laboratoriyalarimizda qurilmalar öylangan ğoyani amalga oşiriş uçun yetarli imkoniyatga ega bölmayotgani yoki qurilmalar tarkibining notöğri tuzilganligi bizda bu kabi könikmaga ega olimlar sanoqli ekanligidan dalolat beradi. Odatda laboratoriyada qurilmalar obekt yaratuvçi qurilmalar va öşa obektni bizga zarur bölgan xossalarini töliq kuzatiş va örganiş imkonini beruvçi analitik qurilmalardan iborat böladi.
Şuni ta'kidlaş joizki, ilm-fan juda qimmat soha va katta investitsiya talab qiladi. Ilmiy tadqiqot qurilmalari yetarliça qimmat. Ammo raqobatbardoş ilmiy natija olmoqçi bölsak, avval dunyodagi ilğor laboratoriyalardagi şaroitni yaratişimiz zarur.
- Yaqinda Xalqaro press klubning Fanlar akademiyasiga bağişlangan sessiyasi bölib ötdi. Unda prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov bugun ilm-fanda amaliy tadqiqotlar yetişmasligi haqida gapirgandi. Institut faoliyati misolida bunga qanday qaraysiz?
- Köpinça amaliy tadqiqotlar deganda işlab çiqarişning bugungi muammosi yeçimini taklif qiluvçi işlar tuşuniladi. Aslida amaliy tadqiqotlar ança kengroq, ya'ni bugungi muammolardan taşqari, mavjud şaroitlardan foydalanib, butunlay yangi mahsulot yaratişga ham yönaltirilgan bölişi kerak. Ilm fan sohasida erişilgan ilğor natijalar birinçi navbatda mamlakatda tegişli sohaning rivojlaniş darajasiga qarab öz samarasini körsatadi. Bu borada fizika fanida olingan natijalarga Özbekistonda talab yetarli emas. Lekin bu tadqiqotlar olib borilişi ortiqça degani ham emas. Aksinça, sohani fanning eng ilğor yutuqlari asosida taşkil qiliş va rivojlantiriş lozim. Şu örinda yana bir haqiqatni eslatib ötmoqçiman, eng ilğor amaliy natijalar, avvalo, eng çuqur fundamental bilimga asoslanadi. Şu sababli, tadqiqotlar har tomonlama olib borilişi maqsadga muvofiqdir.
- Institutda ilmiy faoliyatingizni qanday olib boryapsiz? Laboratoriyangiz, ilmiy işingiz, tadqiqotlaringiz bilan bölişsangiz.
- Bizning laboratoriya, asosan, quyoş energetikasi muammolari bilan kompleks şuğullanişni öz zimmasiga olgan. Barça loyihalarimiz quyoş energetikasi atrofida qurilgan. Biz öz tadqiqotlarimizni boşlaganimizda, möljal sifatida yangi avlod quyoş elementlari — SHJ (silicon heterojunction) texnologiyasini oldik. Bu tip quyoş elementini tanlab olinişiga sabab — Özbekiston iqlimi. Ya'ni, bizda yuqori haroratda işlay oladigan quyoş elementlariga ehtiyoj katta. Bu kabi elementlarni işlab çiqariş uçun esa monosilan gazi talab qilinadi. Bu mahsulotsiz yangi avlod quyoş elementining amorf kremniy qatlamlarini hosil qilişning iloji yöq. Şu sababli, eng avvalo, biz monosilan oliş texnologiyasini yaratişdan boşladik. Bizning bu texnologiyani yaratiş davomida olib borgan tadqiqotlarimiz jahonda kremniy va kremniy mahsulotlarini işlab çiqaruvçilar orasida yetakçilaridan biri Janubiy Koreyaning OCI yirik kompaniyasini xam qiziqtirib qöydi. Ular öz qiziqişini bizning ilmiy tadqiqotlarga 500 ming AQŞ dollari miqdorida investitsiya körinişida bildirişdi.
Texnologiya yaratilib, sinovdan ötkazilgaç, uni AQŞ, Yaponiya, Koreya, Yevropa Ittifoqi va Tayvan kabi davlatlarda patentladik. Ammo quyoş panellari işlab çiqariş bilan quyoş energetikasining barça muammolari hal bölib qolmaydi. Panellarning yuzasini çang qoplab qolişi quyoş panelining samaradorligini tuşirib yuboradi. Şu sababli, laboratoriyamizda çangdan himoyalovçi öta şaffof super gidrofob qatlamlar yaratiş ustida işlar olib borilayapti va hozirda yaxşi natijalarga erişganimizni tasdiqlovçi köplab namunalarga egamiz. Eng qiziği bu kabi qatlamlar monosilan texnologiyamizdan çiqadigan yondoş mahsulotdan olinadi. Aynan şu mahsulot boşqa bir katta muammoga yeçim böliş arafasida turibdi. Quyoş panellari işlab çiqadigan energiyani iste'molçiga yetkazilmagan qismini akkumulyatsiya qiliş zarur. Bugun bu maqsad uçun litiy ion akkumulyatorlari işlatiladi. Ammo bu akkumulyatorlarning yaroqlili muddati quyoş elementinikiga qaraganda ança qisqa. Juda katta miqdordagi energiyani saqlaşda ham bu tip akkumulyatorlar işonçli emas. Şu sababli boş tip akkumulyatorlar - vannadiy oksidi asosidagi suyuq akkumulyatorlar istiqboli taxmin qilinmoqda.
Biz aynan şu akkumulyatorlarni yaratiş ustida iş olib boryapmiz. Bu sohadagi bizning ilmiy yangiligimiz bu kabi akkumulyatorlar uçun membranalarni yuqorida aytilgan yondoş mahsulotimizdan olişdir. Keyingi yil biz özimiz yaratgan ilk 5 kVatt akkumulyator namunasini taqdim qilişni maqsad qilganmiz. Bizning falsafamiz bir katta loyiha atrofida muammolarga kompleks yeçimni taklif qilişdan iborat.
Bundan taşqari, özimning individual tadqiqotlarim ham bor. Ayni damda tayanç doktorant sifatida kremniy nanozarralarini çangli plazmada hosil qiliş ustida işlayapman. Bu tadqiqotlarim quyoş elementlarida lyumenofor va şuningdek, meditsinada organizmda dori taşuvçi konteynerlar uçun zarur bölgan nanozarralarni hosil qilişga qaratilgan.
- Bugun innovatsiya haqida köp gapiriladi. Fanni innovatsiyalaştiriş, tizimli rivojlantiriş uçun nimalar qilinişi kerak, deb hisoblaysiz?
- Fanni tizimli rivojlantiriş uçun, eng avvalo, fan tizimini barqaror qiliş kerak. Fanni bazaviy moliyalaştirişga qaratilgan qaror aynan şu barqarorlikni ta'minlovçi islohotlardan. Bundan taşqari, texnik bazani tubdan yangilaş zarur. Özbekistonda faoliyat yuritayotgan laboratoriyalardagi köp qurilmalar bugungi fan talabiga javob bermaydi. Şuni ta'kidlaş kerakki, yaqin ikki yil içida laboratoriya qurilmalari xaridlari töğrisida qarorlar çiqdi va aniq manbaga ega mablağ ajratildi. Lekin qurilmalar bilan ta'minlangani bilan reagentlar masalasi oçiq qolmoqda. Reagentlar uzoq muddatli reja asosida xarid qilinişi töğri emas.
Fan bugungi kunda şiddat bilan rivojlanyapti. Yangi ğoyalarni generatsiya qiliş ham tezlaşib ketdi. Bu vaqtda jahonda raqobatbardoş böliş uçun tezlik va egiluvçanlik juda muhim. Hozirgi kunda çetdan keltiriladigan köp reagentlar masalasi milliy fanimiz “oyoğiga bolta uryapti”. Masalan, Yevropa laboratoriyalarida yangi ilmiy ğoya uçun kerak bölgan reagentlarni öşa kuniyoq buyurtma berib, ertasi kuniyoq qabul qilib oliş mumkin. Biz esa, reagentlarni import qilib olib kelişdagi byurokratik tösiqlarda juda köp vaqt yöqotamiz. Bu ahvolda raqobat boy berilişi tabiiy.
Tizimli özgarişni xohlasak, tadqiqot mavzulariga nisbatan munosabatimizni ham özgartirişimiz lozim. Bugun aksariyat tadqiqotlarimiz rivojlangan davlatlarga boy berib bölingan sohalarga qaratilgan. Mening fikrimça, biz u sohalarga ming urğu bersak ham, rivojlangan davlatlarga yetib olib, ular bilan raqobat qila olmaymiz. Şu sababli, tadqiqotlarimizni köproq rivojlaniş bösağasida turgan istiqbolli yönalişlarga yönaltirişimiz lozim. Kelajagi butun dunyoda istiqbolli deb baholanayotgan grafen, uglerod nanotrubkalari, fulleren yoki karbid kremniy kabi materiallarga yönaltirsak, nanomateriallar yoki noyob xususiyatli yangi materiallar sintezi, umuman nanotexnologiyaga köproq urğu bersak, kelajakda raqobat qila olamiz.
Men öz soham doirasida misol keltirdim. Aslida, turli fan yönalişlarining har biridan bu kabi istiqbolli, lekin unçalik ham “teşa tegmagan” tadqiqot obektlari yetarliça. Jiddiy, tizimli özgarişni xohlasak, avvalo, barqarorlikni, keyin texnik bazani, söngra egiluvçanlikni ta'minlaydigan mexanizmni yaratişimiz talab qilinadi.
- Heç bir soha öz-öziça rivoj topmaydi, jumladan, ilm-fan ham. Sizningça, fanning rivoji qaysi sohalarning ham isloh qilinişi talab qiladi?
Ilm-fan, asosan, ikki sohaga juda boğliq: fanga kirayotgan kadrlar va fandan çiqayotgan ğoyalar. Oddiyroq qilib aytganda, fan oliy ta'lim va sanoatga öta boğliq. Afsuski, bugun ta'limimizga mos fan, fanimizga mos sanoatimiz bor. Bugun oliy ta'limda ta'lim darajasi har doimgidan köra past. Ta'lim öz mohiyatini şaklga boy berib böldi. Oliy ta'lim muassasalarimizdan sanoqli bilimli kadrlar yetişib çiqyapti. Ammo ilmiy tekşiriş institutlarining ham bunga qöl qovuştirib qarab ötirişi töğri emas. Institutimiz misolida aytaman, biz Toşkent Davlat Texnika Universitetining 6 ta kafedrasi filialini institutimizda taşkil qildik va ta'lim jarayonida qatnaşişni maqsad qildik. Şulardan Ziyomuhammedova Umida rahbarlik qilayotgan materialşunoslik kafedrasi hamkorlikni faol olib borayapti. Bugungi kunda texnologiyalar rivojlanişining jadalligini hisobga olgan holda institut hodimlari tomonidan aynan eng yangi texnologiyalar haqida ma'ruzalar öqilyapti va darsliklar ham aynan şu texnologiyalarga bağişlab tuzilyapti. Ammo, şu bilan birga, afsus bilan aytamanki, talabalarning bilimi havas qilar darajada emas. Şundan taassurot uyğotyaptiki, oliy ta'lim yil sayin emas, kun sayin degradatsiyaga uçramoqda. Bu, albatta, ayançli holat. Ilm-fan bundan yetarliça zarar köradi.
Fan uçun “yoqilği bölişi” kerak sohalardan yana biri bu — sanoat. Afsuski, bizning sanoat texnologik jihatdan ança qoloq. Eng ayançlisi — texnologik qoloq bölgan sanoat sektorlariga ilm-fanning moslaşişi. Bugun biz texnologik yeçimini qidirayotgan texnologiyalar dunyoning rivojlangan davlatlarida eskirib bölgan va ularning ilm-fan sohasi butunlay boşqa tadqiqotlar bilan ovora. Bugun Özbekiston fani öta ilğor ilmiy yangilik yaratsa ham, mamlakat sanoat sektori uni özlaştira olişi fakt emas.
Yana bir mantiqsiz va ayançli nuqtaga töxtalib ötmoqçiman. Bugun tayanç doktorantlar öz işlarini himoya qilişda, ilmiy natijasi biror bir sanoatda qöllanilganligi töğrisida hujjat taqdim etişlari lozim. Öta ilğor yangilikni sanoatimiz özlaştira olmasa-çi? Şu sababli, ilmiy rahbarlar doktorantlarga mavzu berganda aynan sanoatimizning mayda muammoçalariga yeçim böladigan, ammo jahon miqyosida heç qanday ahamiyatga ega bölmagan mavzularni tanlaşga harakat qilişadi.
Umuman olganda, ta'lim, sanoat va ilm-fan bir-biriga boğliq ravişda rivojlanadigan sohalar ekanligini bugun rivojlangan davlatlar misolida körişimiz mumkin.
- Innovatsiya bir tomondan ilm-fan ikkinçi tomondan iqtisodiyot, sanoatning boğlanişi uçun dastak bölib rivojlanişga xizmat qila oladimi?
- Innovatsiya, aslida, yangilaniş degani. Doimo yangilaniş, izlaniş bor joyda ösiş böladi. Innovatsiyalar işlaşi uçun iloji boriça iqtisodni erkinlaştiriş, unga ta'sir etuvçi salbiy riçaglarni yumşatiş talab etiladi. Eng asosiysi, innovatsiyaga antonim bölgan monopoliyadan xoli iqtisodni yaratişimiz kerak. Tadbirkorlar raqobatda pişsin, innovatsiya haqida boş qotirsin, ilm-fanga murojaat qilsin. Aks holda, fan va sanoat orasidagi jarlik yana ham çuqurlaşib boraveradi. Aynan iqtisodiy reformalar bu ikki soha orasida köprik yarata olişi mumkin.
- Monopoliyaning iqtisodiyotga ta'siri haqida öqiganmiz, eşitganmiz, xabarimiz bor, lekin uning innovatsiya va ilm-fanga va şu orqali sanoatga ta'sirini tuşuntirib berasizmi?
- Iqtisodni fan va texnologiyalardan ayri körmagan bölar edim. Bugun rivojlangan davlatlarda qurilgan zamonaviy iqtisod an'anaviy sanoat va tabiiy resurslarga emas, balki yuqori texnologik işlab çiqariş va xizmatlar, şuningdek, intellektual salohiyatga tayanadi. Fan doimiy ravişda innovatsiyalarni bozorga taqdim etib turişi uçun “fan talab” iqtisodiyot şakllanişi zarur. Bu kabi iqtisodning dvigateli esa raqobatdir. Umuman olganda, innovatsiyaga investitsiya kiritişdan asosiy maqsad, eng avvalo raqobat ustunligiga erişişdir. Raqobat ustunligiga innovatsiyalarni joriy qilgan holda mahsulot sifatini oşiriş, tan narxni pasaytiriş, mahsulotlarning keng assortimentini şakllantiriş orqali erişiladi. Buning uçun, birinçi navbatda, bozorda raqobatning özi bölişi kerak. Bozorda barça iştirokçilar teng huquqiy imkoniyatga ega bölsagina ğoyalar işlay boşlaydi. Aksinça, tanlangan öyinçilarga turli imtiyozlarni joriy qiliş esa, innovatsiyalarga bölgan talabni keskin tuşirib yuboradi. Bu esa öz navbatida zaif sanoat şakllanişiga va iqtisodiy körsatgiçlarga salbiy ta'sir ötkazişiga olib keladi. Buni monopol kompaniyalarimizning mahsulotlarini taşqi bozorga eksporti misolida körişimiz mumkin.
- Yuqorida rivojlangan iqtisod intellektual salohiyatga tayanişini aytdingiz. Nima sababdan fan sohasida köpgina kadrlar çet elga işlagani ketişni ma'qul köradi? Qanday qilib bu aqliy intellekt çiqib ketiş (Uteçka mozgov) larning oldini olsa böladi?
Bunga bir neçta sabablar bor. Avvalari maoş masalasi asosiy sabab edi. Juda yaqin kelajakda Özbekiston olimlar maoşi böyiça ança raqobatbardoş bölişi kutilyapti. Bugun ham bu tomonlama sezilarli özgariş bor. Ayni damda asosiy sabab sifatida zamonaviy laboratoriyalar yetişmasligi va ilmiy maktablardagi ğoyalar tanqisligini körsatişim mumkin. Bir tarafdan laboratoriyalarimizning zamondan ortda qolganligi fan sohasida işlab yurganlarni ğoyalarini amalga oşiriş imkoniyatini çeklab qöysa, ikkinçi tomondan ğoyalarning qiziq va dolzarb emasligi yangi bilimli kadrlarni jalb qilişda tösqinlik qilmoqda. Bu paytda esa, çet el laboratoriyalari ikkalasini ham taklif qila oladi. Umuman olganda, bugun immigratsiyani çeklaş mantiqsiz tadbir. Inson doimo öziga yaxşi şaroitga intiladi. Fan boşqa sohalardan farqli ravişda immigratsiyadan foyda ham körişi mumkin. Miyalar sizib çiqişini darhol töxtata olmas ekanmiz bundan töğri foydalaniş yölini öylaşimiz kerak. Çet el laboratoriyalariga ketayotgan har bir kadrlarimiz bilan köprikni saqlab qolişimiz va ular orqali rivojlangan dunyo faniga integratsiya qilişni örganişimiz lozim.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi