Jahon | 21:00 / 06.08.2019
16543
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Rossiyadagi elchisi iste'foga chiqishga ariza yozdi

AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Hansman prezident Donald Trampga iste'foga chiqishga ariza yozdi. Bu haqda Salt Lake Tribune gazetasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, diplomat o‘z lavozimini 3 oktyabrda tark etmoqchi.

Nashr o‘z saytida Hansmanning maktubi nusxasini joylashtirgan. Maktub 5 avgustda yozilgan.

Hansman kuzda Yutaga qaytmoqchi. U bu shtatda o‘z vaqtida gubernator bo‘lgandi va yana gubernatorlik kampaniyasini boshlamoqchi.

Jon Hansman AQShning RFdagi elchixonasiga 2017 yilning 3 oktyabridan buyon boshchilik qilib kelayotgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid