Toşkent şahar hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari Elbek Şukurov Facebook’dagi sahifasida «SSRdan meros – kim qayerga nima xohlasa qurib taşlayvergan» nomli öz posti yuzasidan izoh bilan çiqdi.

«Hurmatli vatandoşlar, uy-joylar buzilişi mavzusi bugungi kunda bizning jamiyatimiz uçun şu qadar oğriqliki, köpinça his-tuyğular ortidan aytilgan sözlar ma'nosini anglab olişga ulgurmayapmiz. Ayniqsa, matn jurnalist tomonidan «bloknotdan» yozilgan bölsa va undan ikki xil ma'noni uqiş mumkin bölsa.

Bu mening şaharni qayta quriş va uy-joylar buzilişi mavzusidagi, deputatlarga qaratilgan: "Bu voqealarda barçamiz yordam berişimiz kerak!” degan murojaatim böldi.

Ha, haqiqatdan ham, men şaharsozlikni rejalaştiriş va quriliş uçun javobgar insonlar doim ham bu sohada, doim ham barça qonunlarni, qarorlarni va tartiblarni, siz deputatlar kabi bilmasliklari mumkinligi töğrisida aytgan edim. Bu haqiqat va biz buni inkor etsak ğalati köringan bölar edi. Men bu insonlarni oqlamayman, ammo biz uçun yangi bölgan sohada barça ham tez fursatlarda mutaxassis bölib qolmasligini tuşunaman. Deputatning vazifasi kimnidir ayblaş va hujum qiliş emas, balki yordam berişdir. Çunki biz özimiz bu qonunlarni taklif etamiz, örganib çiqamiz, ularga qöşimçalar va özgartirişlar kiritamiz. Barça ma'lumotlarni, normativ hujjatlarni, qonunlarni va qarorlarni çop etib, ularni hokimiyatning har bir işçisiga ma'nosini tuşuntirib berişga majbur bölgan fuqarolarga emas, balki hokimiyatdagi xodimlarga yetkaziş - bu bizning javobgarlik hududimizdir.

Ikkinçisi: «Hamma töğri kelganday va rejasiz qurişi - bu Sobiq Ittifoqdan qolgan meros». Yaxşi va «hayp» mavzudagi, ammo notöğri sarlavha, va gapimning asl mazmunini notöğri tuşuntiriş.

Sobiq Ittifoq merosining doirasi juda keng. Toşkentning zilziladan söng qayta qurilişi, xalqlar döstligi tufayli uning dunyodagi eng yaxşi şaharlaridan biriga aylanişiga sabab bölgan. Bundan taşqari «Qayta quriş» davridagi yillarda esa, yirik davlat parçalanişi guvohi böldik. Dastlabki yer egalari va işbilarmonlar paydo böldi. Birdan barça rejali qurilişlar yöqqa çiqdi, quriliş normalari buzila boşladi va eng asosiy rol «kelişa oliş» mahoratiga ega bölganlarning oşiği olçi bölgan davr keldi.

Aynan şu vaqtdan yerlarni egallab oliş, özbilarmonça quriş boşlandi va şaharning ba'zi joylari xunuk köriniş oldi. Bu inersiya bizning kunlarimizgaça yetib keldi. Hozir biz, ba'zi binolar umuman öz joyida qurilişi mumkin bölmagan uşbu «meros»ni nima qiliş ustida boş qotiryapmiz. Matndan kapital uy yoki yoqilği quyiş şahobçasi köproq birlamçi ekanligini tuşuniş mantiqan, töğrimi? Sizlarning özingiz nuqtali qurilişlardan, hovlilarda bölişi mumkin bölmagan obektlardan köproq zarar körasiz. Aynan hozir özimiz töğrilayotgan xatolarga yana yöl qöymaslikni ta'minlaşimiz lozim. Aynan şu narsa töğrisida men deputatlarga, ular bir narsani tuşunişlari uçun gapirdim: agar biz vakolatli parlament bölişni istasak, çetda qarab turmasligimiz lozim.