Xalq deputatlari Sergeli tumani Kengaş raisi, tuman hokimi Elbek Şukurov tomonidan imzolangan qarorda 2021 yil iyun, iyul, avgust, sentyabr va oktyabr oylariga lavozim maoşiga ustama haqi tölaş uçun 35 mln. söm miqdoridagi mablağni mahalliy budjetning uçinçi çorak daromadlar rejasining oşirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiş belgilangan.

Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, uşbu ustama tölovlari hokimga yil boşidan beri tölanmay kelgani uçun yil yakunida biryöla ötkazib berilgan.

«Barça taşkilotlarda öz xodimlarining faoliyatini rağbatlantiriş tizimi bölganidek, hokimlik tizimida ham barça darajadagi rahbar va xodimlarni rağbatlantiriş tizimi mavjud. Unga köra, har çorakda tuman hokimlariga ularning iş faoliyati natijadorligi, erişgan körsatkiçlaridan kelib çiqib, Toşkent şahar hokimligi tomonidan oylik maoşiga qöşimça ustama haqi belgilanadi.

Mazkur holatda Sergeli tuman buxgalteriyasi tomonidan yil davomida uşbu ustama haqi muntazam tölanmay kelinayotgani uçun, yil yakunida tölanmay kelingan davr uçun belgilangan tölovlar biryöla tölab berilgan.

Mavjud qonunçilik böyiça oldindan belgilangan miqdordagi mablağlar tuman hokimligining içki hujjati bilan tölanadi.

Qarorda keltirilgan summadan ijtimoiy tölovlar va daromad soliği ham olinişini qöşimça qilamiz», deyiladi poytaxt hokimligi munosabatida.