Bu hudud 2007 yilda Guliston şahar hokimligining qarori bilan yengil tipdagi savdo dökonlari quriş uçun ajratilgan. Şu yerda 30 dan ortiq tadbirkor qariyb 18 yil davomida rasman faoliyat yuritib kelgan. Ularning aytişiça, şu yillar mobaynida soliqlar tölab kelingan, faoliyatga heç qanday e’tiroz bildirilmagan.

Tadbirkorlar sözlariga köra, şahar hokimligi vakillari dökon egalaridan qisqa vaqt içida savdo obektlarini özlari buzib taşlaşni talab qilgan. Aks holda, oğir texnika yordamida buzib taşlanişi aytilgan. Ayrim mulkdorlar sud qarori taqdim etilişini sörab, buzişga qarşi çiqqan.

Murojaatçilarning bildirişiça, buzişga e’tiroz bildirgan ayrim tadbirkorlar içki işlar bölimiga olib ketilgan. Ular bu holatni bosim va qörqitiş sifatida baholamoqda. Tadbirkorlar qişning sovuğida şoşma-şoşarlik bilan buziş talab qilinişiga e’tiroz bildirib, ozroq muddat sörayotganini, hozirça qayerga köçiş masalasi ham oçiq qolayotganini aytmoqda.

“Qişning kunida tezlik bilan buzişni talab qilişyapti. Bu paytda hatto quşning ini ham buzilmaydi, deyişadi kattalar. Qança odam işsiz, daromadsiz qolyapti, buni heç kim hisobga olmayapti”, deydi murojaatçilardan biri.

Kun.uz'ga dökondorlardan biri Iroda Toşmatovaning yaqinlari ham murojaat qildi. Ularning aytişiça, Iroda Toşmatova dökoni buzilişiga qarşi çiqqanidan söng IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan. Yaqinlarining sözlariga köra, içki işlar xodimlari ularga Toşmatovaning ruhiy holatida muammo borligi, uni şifoxonaga jönatiş rejalaştirilayotganini aytişgan. Ayolning yaqinlari hozirda uni qayerga olib ketilganini aniq bilmasligini aytmoqda.

Guliston şahar hokimligi Kun.uz'ga taqdim etgan ma’lumotga köra, bu yerda jami 34 ta dökon bölib, ular avtomobil harakat yöli ustida joylaşgan. Hokimlikka köra, mazkur köça avvaldan yöl bölgan va uni qayta oçiş rejalaştirilgan. Bu işlar şahardagi tirbandliklarni kamaytiriş maqsadida olib borilayotgani aytilyapti.