Jizzaxda yonib ketgan yuk avtomobili haydovchisiga yordam ko‘rsatildi
Joriy yilning 4 avgust kuni soat 6.00da Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani “Xalqobod” MFY hududidan o‘tuvchi A-376 “Jizzax-Qo‘qon” avtomobil yo‘lining 293 km.da Jizzax yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan, Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi fuqaro R.X.ga tegishli GAZ-53 rusumli yuk avtomobilida yong‘in kelib chiqqan.
FVV ma'lumotida aytilishicha, bu haqida xabarni shu yerdan o‘tayotgan fuqaro “101” raqamiga orqali yetkazgan. Mazkur murojaat yuzasidan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Jizzax shahar Yong‘in xavfsizlik bo‘limining yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi zudlik bilan voqea joyiga yetib boradi.
Qutqaruvchilar yong‘in joyiga yetib borganida, yuk avtomobilining motor va kuzov qismi alanga ichida qolganligi, agar olov avtomobilning bortiga o‘tsa, gaz ballonlarining portlash xavfi mavjudligi aniqlandi. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qisqa muddatda bartaraf etildi. Avtomobil haydovchisi esa kuyish tan jarohati bilan Jizzax shahar tez tibbiy yordam xizmati jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
5 avgust kuni shifokorlar tomonidan jabrlangan fuqaroga javob berilgan.
Mavzuga oid
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:20 / 12.11.2024
Navoiy ko‘chasida Lacetti yonib ketdi
15:37 / 07.11.2024
Xorazmda kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
09:25 / 06.11.2024