O‘zbekiston jamoasi yana bir xalqaro tanlovda kuchli uchlikdan joy olmoqda - Mudofaa vazirligi
“ArMI-2019” doirasida Rossiyada o‘tkazilayotgan “Sodiq do‘st” tanlovida O‘zbekiston terma jamoasi birinchi shart bo‘yicha kuchli uchlikdan joy oldi.
2017 yilda debyutant sifatida mazkur tanlovda ishtirok etishiga qaramay O‘zbekiston terma jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kirita olgan edi.
Bir yil o‘tib, 2018 yilda umumjamoa hisobida natijalarga erishish imkoni bo‘lmagan bo‘lsa-da, ushbu tanlovning 300 metrli to‘siqlar yo‘lagidan o‘tishda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy xizmat itlari pitomnigi mutaxassis harbiy xizmatchisi Shokir Jo‘rayevning “Gita” laqabli xizmat iti 1 daqiqa-yu 15 soniya natija bilan rekord o‘rnatdi. “Gita” 2019 yilda ham O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.
Bu yilgi musobaqaning birinchi sharti yakunlari bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi murabbiyi podpolkovnik Ulug‘bek Jo‘rayev jamoasining tayyorgarligini a'lo baholamoqda, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.
O‘zbekistonlik harbiy kinologlar tanlovning “Dog biatlon” (individual poyga) shartida hozircha belarusliklar peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda kuchli jamoalardan biri – rossiyaliklar kelmoqda.
Oldinda hali jamoalarni 300 metrli to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish, “Mohir mergan” shartida avtomatdan ko‘krak shaklidagi nishonni yakson qilish hamda jamoa tarkibida “Dog biatlon-estafeta”da kuch sinashi kutmoqda.
Mavzuga oid
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
09:24 / 02.11.2024
Qozog‘istonda o‘zini o‘zi mudofaa qilish va ko‘ngillilar tuzilmalari paydo bo‘ladi
15:30 / 29.10.2024
RF Mudofaa vazirligi aloqa boshqarmasi sobiq boshlig‘i pora uchun hibsga olindi
08:40 / 29.10.2024