Jamiyat | 10:12 / 06.08.2019
4246
4 daqiqa o‘qiladi

Taniqli yozuvchi Aleksandr Karlyukevichning «Shuburshun va uning do‘stlari» kitobi o‘zbek tiliga tarjima qilindi

Shu yilning fevral oyida Agentligimiz tavsiyasi bilan Belarus respublikasida har yili o‘tkaziladigan “Xalqaro kitob yarmarkasi”ga tashrif buyurdik. Bu tashrif nashriyotimiz nomidan qilingan birinchi safar edi. Taassurotlar bir olam... Avvalo Minsk shahrini ko‘proq aylanish, ko‘proq diqqatga sazovor joylarni ko‘rib qolish, ziyorat qilish edi. Havo sovuqligiga qaramay imkoniyatdan, vaqtdan samarali foydalanish maqsadida deyarli “tinchimadik”. Biz bilan birga “Sharq” NMIU bosh muharriri Ahror Axmedov va “Sharq ziyokori” do‘koni rahbari Umid aka Xalikov hamroh edilar. Ajoyib insonlar, ulardan ko‘p maslahatlar ko‘nikmalar o‘rgandik.

“XXVI Xalqaro kitob yarmarkasi”. O‘zbekistonimiz nomidan ushbu yarmarkaga qatnashishimiz beloruslar uchun ham kutilmagan yangilik edi. Sababi shu vaqtgacha kitob yarmarkasiga O‘zbekistondan hech kim qatnashmagan edi. Safar doirasi Belarus respublikasi Axborot vazirligida kichik uchrashuv tashkil etildi. Axborot vaziri Aleksandr Karlyukevich tadbirlar sabab ushbu uchrashuvga kelmagan bo‘lsalar-da ularning yordamchilari ishtirokida o‘tgan uchrashuvda Belarus matbaa sohasida ko‘plab ma'lumotlarni olishga muvaffaq bo‘ldik. Nashriyotlarga borib tajriba almashdik.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga qilgan ilk tashrifi biz nashriyot ijodiy jamoasi uchun ham quvonchli bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasi imzolangan bitimlar orasida O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Belarus Respublikasi Axborot vazirligi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari, nashriyot va matbaa faoliyati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning borligi yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha noshirlar uchun katta imkoniyat deb hisoblayman. 

Agentlik tarafdan, shaxsan agentlik rahbari Komiljon Ismoilovich boshchiligida keyingi bir yil ichida shunchalik ko‘p xayrli ishlar amalga oshirilyaptiki, hatto xabardor bo‘lishga ham ulgurmaysan kishi. Bugungi kun noshirlari agentlik bilan yelkama-yelka ishlashi, berilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalangan holda o‘z faoliyatlarini rivojlantirishlari kerak. “...Har ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari vakillari, noshirlik va matbaachilik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar xodimlari ishtirokida tanlovlar, seminarlar, ko‘rgazma-yarmarkalari va simpoziumlar o‘tkazish rejalashtirilgan. O‘ylaymanki, mazkur Bitim va unda belgilangan rejalar har ikki mamlakatning axborot sohasi uchun birdek manfaatli va samarali bo‘ladi”, - deydi agentlik rahbari, Komiljon Ismoilovich Feysbukdagi sahifasida.

Yaqinda nashriyotimizda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi buyurtmasiga asosan Belarus Axborot vaziri taniqli yozuvchi Aleksandr Karlyukevichning bolalarga atalgan “Shuburshun va uning do‘stlari” deya nomlangan kitobi o‘zbek tiliga tarjima qilindi va chop etilish arafasida. Ushbu kitob muallifning mashhur asarlaridan biri hisoblanadi. Kitobni farzandlaringiz bilan o‘qir ekansiz, Belarus diyorining daryolari, o‘rmonlariga xayolan sayohat qilasiz, tabiat g‘aroyibotlari, tarixiy voqealar haqida bilib olasiz. 
Ushbu kitob hamkorligimizning debochasi bo‘lishini niyat qildik. 

Yangi hamkorlik barchamizga muborak bo‘lsin!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid