Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda mototsikllarning paqildoq ovozi odamlarning vahimada qochishiga sabab bo‘ldi
AQShda yuz bergan oxirgi otishmalardan keyin Nyu-Yorkning Tayms-skver maydonida yig‘ilgan minglab odamlar mototsikllarning chiqindi gazlar chiqishi vaqtidagi paqildoq ovozlarni otishma ovozi bilan adashtirib vahimada qochishga tushishdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Voqea 6 avgust kechki payt yuz bergan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, sarosima olomon ichida kimdir “o‘qchi” deb baqirgandan keyin boshlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videolarda odamlar maydondan ommaviy ravishda qochayotganlarini ko‘rish mumkin. Politsiyada ma'lum qilinishicha, voqea sababli shoshilinch yordam liniyasiga ko‘plab qo‘ng‘iroqlar tusha boshlagan. Kamida 6 kishi yengil jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Keyinroq politsiya otishma haqidagi xabarni rad etgan va maydon yaqinidan o‘tayotgan mototsikllar ovozi “o‘q ovozi” kabi yangraganini aytgan. “Iltimos, vahima qilmang. Tayms-skver hududi juda xavfsiz hudud”, deyilgan politsiya e'lon qilgan xabarda.
Avvalroq Nyu-York politsiyasi AQShdagi ommaviy qotilliklardan keyin shahar ko‘chalarida patrullar ko‘paytirilganini ma'lum qilgan.
3 avgustda texaslik 21 yoshli yigit Meksika bilan chegaradosh El-Paso shahrida joylashgan Walmart supermarketida otishma ochgan. Gumonlanuvchi ushlangan, u terrorchilikda ayblanmoqda. Taxmin qilinishicha, u jinoyatni irqiy adovat negizida sodir etgan. Voqea oqibatida 22 odam, jumladan Meksika fuqarolari halok bo‘lgan, 20 dan ko‘proq odam yaralangan. Ko‘p o‘tmay Ogayo shtatining Deyton shahrida yana bir otishma yuz bergan. Bu otishma oqibatida 10 kishi, jumladan qotilning o‘zi halok bo‘lgan, 30 dan ko‘proq kishi jabrlangan.
Mavzuga oid
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026
San-Diyegodagi masjidda otishma: besh kishi halok bo‘ldi
08:06 / 13.05.2026