Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zganing omonatiga xiyonat qilgan haydovchi qo‘lga olindi
2019 yil 30 iyul kuni noma'lum shaxs Namangan shahrida Mehnatobod MFY Balandariq ko‘chasida joylashgan to‘yxona oldida Pillakash ko‘chasida yashovchi 57 yoshli I.Ya. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Spark” rusumli avtomashinasi deraza oynasini ochgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u mashina salonidan 50 yoshli O.J.ga tegishli 6 900 000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni haydovchi I.Ya.ning o‘zi sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026
Namangandagi gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kirishi mumkin
20:03 / 02.05.2026