Toshkent viloyatida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
7 avgust kuni Quyichirchiq tumani hokimligi binosida adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan tuman aholi uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda sudlar, prokuratura, xalq ta'limi, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar, moliya, bandlik va boshqa qator idoralar rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Qabulda turli xil muammo va huquqiy masalalarga yechim izlab kelgan 180 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi hamda ulardan jami 118 ta murojaat, jumladan 1 ta jamoaviy murojaat kelib tushdi.
Murojaatlarning aksariyatini o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga egalik huquqini olish, kasalligi bo‘yicha tibbiyot muassasalariga, sihatgohlarga yo‘llanma ajratilishi, kommunal soha, yo‘l qurilishi, kompensatsiya ajratish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining harakatlaridan norozi bo‘lib qilingan murojaatlar tashkil etdi.
Kelib tushgan murojaatlarning 59 tasi shu kunning o‘zida qanoatlantirildi.
Shuningdek, qabul jarayonida 17 nafar fuqaroning mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishi ta'minlandi.
Shu bilan birga, 15 nafar fuqaroga kasalligi bo‘yicha tibbiyot muassasalarida imtiyozli asoslarda davolash uchun orderlar ajratilgan bo‘lsa, viloyatda faoliyat yurituvchi “Ijtimoiy himoya” nodavlat notijorat tashkiloti mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 5 nafar shaxsga nogironlik aravachasi, 5 nafar fuqaroga eshitish moslamasi topshirildi.
Qabulda kelib tushgan qolgan 59 ta murojaat bo‘yicha tegishli mas'ullar biriktirilib, murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.
Mavzuga oid
17:49 / 09.12.2020
Xalq ta'limi vazirligi «Sayyor qabul oyligi» o‘tkazmoqda
14:39 / 19.04.2019
Ommaviy sayyor qabullarda fuqarolar muammolariga joyida yechim topilmoqda
22:11 / 03.06.2018
Sirdaryoda “Obod qishloqda – yuksak madaniyat” mavzusida sayil bo‘lib o‘tdi
12:40 / 01.03.2018