Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyor qabul: ishlar tizimli tashkil etilmagani bois ayrim rahbarlar lavozimidan ozod etildi
Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Oltinsoy tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi. Bu haqda viloyat rahbari Facebook’dagi o‘z sahifasida ma'lum qilmoqda.
Aholi bilan muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda 352 nafar oltinsoylik viloyat hokimiga o‘z murojaatlarini yo‘lladi. Fuqarolardan, asosan, uy-joyga bo‘lgan ehtiyoj, ishga joylashish, tadbirkorlik qilish uchun yer ajratish, kredit mablag‘i olish, elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi bilan ta'minlash kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Sayyor qabul jarayonida aholidan tushgan murojaatlarning ko‘pchiligi tuman miqyosida hal etilishi kerak bo‘lgan masalalardir. Bu borada Oltinsoy tuman arxitektori, yer mulk kadastri korxonasi hamda IIB xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi faoliyati qoniqarsiz ekani, mazkur tashkilotlar tomonidan ishlar tizimli tashkil etilmagani, fuqarolarning murojaatlariga bee'tibor bo‘layotganligi alohida ta'kidlandi va rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, aholining murojaatlari bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun tuman hokimi, hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hamda tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokoriga “Xayfsan” intizomiy jazosi berildi.
Muloqot jarayonida fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechimi topildi. Muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas'ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta'minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar qo‘yildi hamda viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
Mavzuga oid
13:13
Farg‘ona vodiysi va Surxondaryoga tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
17:52 / 24.12.2025
Prezident Surxondaryoni investitsiya va aholi daromadi eng tez o‘sadigan hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi
10:22 / 13.12.2025
Nohaq sudlangan surxondaryolik yolg‘iz onaning ishi qayta ko‘rib chiqiladi
10:20 / 12.12.2025