Jamiyat | 09:03 / 10.08.2019
12180
2 daqiqa o‘qiladi

Sergeli kichik sanoat zonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

2019 yilning 9 avgust kuni soat 12:23da, Toshkent shahar Sergeli tumani, Obihayot ko‘chasi 1-uy, Sergeli kichik sanoat zonasi hududida joylashgan paralon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida yong‘in joyiga zudlikda 7 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. 

Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 12:28da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 12:50da qurshab olinib, soat 13:04da o‘chirilgan. Yong‘indan sex binosining 5000 kv.metr maydondagi qurilmalari  saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida ishlab chiqarish sexining 150 kv.m. maydoni yonib zararlangan.

Yong‘in payvandlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid