Jahon | 23:55 / 12.08.2019
4959
2 daqiqa o‘qiladi

Qozon kooperativ instituti rektori institutda o‘zbek madaniyati markazini ochishni taklif qildi

Foto: KZN.RU

O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev Rossiya kooperatsiya universitetining Qozon kooperativ instituti (KKI RUK) rektori Alsu Nabiyeva bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida tomonlar Qozon kooperativ instituti bilan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida madaniy hamkorlik o‘rnatish masalalarini muhokama qildi. Xususan, turizm sohasida tajriba almashish masalasi ko‘rib chiqildi.

Alsu Nabiyeva Qozon kooperativ instituti negizida talabalar va jamoat arboblari bilan uchrashuvlar, o‘zbek taomlarini tayyorlash bo‘yicha master-klasslar o‘tkaziladigan hamda o‘zbek tili kurslari o‘tiladigan o‘zbek madaniyati markazini ochish tashabbusi bilan chiqdi.  

Qayd etish joiz, Rossiya ta'lim vazirligi reytingiga ko‘ra, Qozon kooperativ instituti Rossiya iqtisodiyot oliygohlari yuqori 10taligiga kiradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid