Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Agrobank» rahbariyati tadbirkorlar bilan muloqotda
Joriy yilning 9 avgust kuni «Agrobank» ATB Boshqaruv raisi tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston tumanida kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tadbirkorlar ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar hamda faoliyatini yanada kengaytirish niyatida bo‘lgan kichik biznes vakillari hamda bank mijozlari bo‘lgan jismoniy shaxslar ishtirok etishdi. Jonli muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda 50 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari o‘rganib chiqildi hamda murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.

Sayyor qabulda nafaqat tadbirkorlarni qiynab kelayotgan masalalar, shikoyatlar tinglandi, shuningdek, mijozlar tomonidan bank faoliyatini takomillashtirish hamda mijozlarga yanada qulayliklar yaratish borasida talab va takliflar ham kelib tushdi.
Mazkur ochiq muloqotlar «Agrobank» ATB tomonidan respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sayt: www.agrobank.uz
Telegram: t.me/AgrobankChannel
Instagram: instagram.com/agrobank_uz
Facebook: fb.com/agrobankuzbekistan
«Agrobank» ATB matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 14.12.2025
Agrobankning AI500! HAKATON musobaqasi
17:00 / 10.09.2025
«Agrobank»da kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi
20:01 / 29.08.2025
Sho‘rlangan yerlarda tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanishi mumkin
14:00 / 05.06.2025