Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniy obektlar va muassasalarga kirish chiptalarining yagona stavkasi joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Mazkur hujjatda turizm infratuzilmasining mavjud muammolarini hal etish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va milliy turizm mahsulotini jahon bozorlarida faol targ‘ib qilish, shuningdek, turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratilgan.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, sayyohlar sonini ko‘paytirish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida madaniy obektlar va muassasalarda quyidagilar tashkil etiladi:
madaniy obektlar va muassasalarga tashrif buyurgan O‘zbekiston fuqarolari va xorijliklar uchun chegirmalar tizimidan foydalangan holda kirish chiptalarining yagona stavkasi joriy etiladi;
sayyohlik mavsumi nisbatan past bo‘lgan davrda madaniy obektlar va muassasalarni bepul asosda ziyorat qilishni ko‘zda tutuvchi «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etiladi;
mashhur obektlar va madaniy muassasalar faoliyati soat 22:00ga qadar uzaytiriladi;
aeroportlar, turistik axborot markazlari, metro bekatlari, do‘konlar va muzeylarda muayyan kunlarda tegishli viloyatning barcha muzey va madaniy meros obektlariga borish imkonini beruvchi chiptalar sotuvi yo‘lga qo‘yiladi;
«Muzeyda bir tun», «Open Sky» va boshqa mavzularda har yili o‘tkaziladigan tadbirlar dasturlari joriy qilinadi.
Shuningdek, zamon talabiga mos, raqobatbardosh hunarmandchilik suvenirlarini ishlab chiqarish, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash va yuqori sifatli esdalik buyumlari bilan ta'minlash maqsadida 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab YuNESKO Butunjahon merosi obektlari ro‘yxatiga kiritilgan madaniy meros obektlari va davlat tomonidan muhofaza qilinadigan tarixiy yoki madaniy yodgorliklar hududlarida faqat mahalliy suvenirlar sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
10:25 / 14.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026