Jamiyat | 20:49 / 14.08.2019
15441
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida videoregistratorlar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan 154 ta haydovchiga chora ko‘rildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20-sentabrdagi 747 sonli “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy yilning 1-iyul kunidan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar dyhxx.ejarima.uz sayti orqali qabul qilinmoqda. 

Hozirgi kunga kelib Toshkent viloyati hududida sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan 232 ta holat bo‘yicha videoyozuv kelib tushdi. Ushbu huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlarning 154 tasi Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan “Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida” nizom talablariga mos deb topilib, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtirildi. Ularga nisbatan tegishli tartibda qarorlar chiqarilib, qaror nushalari “O‘zbekiston pochtasi” ning ma'lumotlarni qayta ishlash markaziga orqali qoidabuzarni sodir etgan haydovchi yoki yuridik shaxsning manziliga jo‘natildi.

Shuni ham takidlab o‘tish joizki, videoregistrator orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holati to‘g‘risidagi videoyozuvda sodir etilgan huquqbuzarlik holati, transport vositasining rusumi va davlat raqami belgisi hamda huquqbuzarlik sodir etilgan sana va vaqt aniq aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, videoregistratorlarnning davlat standartlaridan o‘tganligi to‘g‘risida hech qanday xujjatlar talab etilmaydi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB 
Matbuot bo‘linmasi boshlig‘i

Mavzuga oid