Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy sharoitida yetishtirilayotgan giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekinlar tezkor vakillar tomonidan fosh etildi
Tezkor profilaktik tadbirlar natijasida Shayxontohur tumanida yashovchi 45 yoshli B.S. xonadonining balkonida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekin tupini – hind nashasini yetishtirayotgani ma'lum bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, joriy yilning 8 avgust kuni, taxminan soat 22:10da B.S.ning xonadonini tekshirish jarayonida jinoyat qidiruv xodimlari 10 dona gul tuvagida 15 tup nasha o‘simligini aniqlashdi.
Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi (“ Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, joriy yilning 11 avgust kuni taxminan soat 19:05da jinoyat ishi yuzasidan o‘tkazilgan tergov jarayonida Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan Olmazor tumanida yashovchi 49 yoshli T.A. uyining balkonida gul tuvaklarda 4 tup giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekin – hind nashasini yetishtirayotgani hamda 1,37 gramm “marixuana” saqlayotgani aniqlandi uni huquq-tartibot organlari vakillariga topshirdi.
Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
23:36 / 29.04.2026