Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gibraltar iyulda ushlangan Eron tankeri ekipajini ozod etdi
Gibraltar bosh vaziri Fabian Pikardo suddan Eronga qarashli tanker Grace 1 ekipaji sardori va 3 a'zosini hibsda ushlab turish muddatini uzaytirishni so‘ramadi va ekipajni ozod etishga qaror qildi.
Gibraltar Chronicle nashrining xabar berishicha, ekipajning hindinstonliklardan iborat jamoasi qo‘yib yuborilgan va yaqin orada Gibraltarni tark etishi mumkin. Ular 4 iyuldan beri hibsda ushlab turilishgan.
Ta'kidlanishicha, 15 avgustdagi sud majlisida AQShning kema ekipajining hibsda ushlanishi muddati uzaytirilishi haqidagi iltimosi ko‘rib chiqilgan. Ekipaj Yevropa Ittifoqining Suriyaga qarshi sanksiyalarini buzishda ayblangan.
Kema sardori Gibraltar bosh vaziriga boshqa bunday qonunbuzarliklar sodir etmaslikka yozma kafolat bergan.
Ekipaj Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda Erondan Suriyaga neft yetkazishda gumon qilingan. Kema sardori, uning ikki yordamchisi va katta yordamchi hibsga olingandi.
Mavzuga oid
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
09:52 / 06.05.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
08:28 / 06.05.2026