Napoleon çindan pakana bölganmi? U haqidagi 7 afsona
|20:05 / 15.08.201966 2038 min
Foto: GETTY IMAGESFoto: GETTY IMAGES
Roppa-rosa 250 yil avval, 1769 yilning 15 avgustida Napoleon Bonapart tavallud topgandi.
U nafaqat harbiy daho, balki buyuk ijtimoiy islohotçi ham bölgan. Yangi davr boşlanişiga turtki bölgan Napoleon şaxsiy namunasi orqali yangi ğoyani ilgari surdi: agar buni uddalay olsa, har kim özi istagan şaxsga aylaniş huquqiga ega.
Stereotip şunçalar ildiz otganki, hattoki «Napoleon kompleksi» iborasi paydo böldi - göyo öz şaxsiyatini namoyon qilişga öçlikning kuçayişi past böyli yigitlarga xos emiş.
Umuman olganda, Napoleonning böyi 169 santimetrga teng edi. Öşa davrdagi fransuz erkaklarining örtaça böy körsatkiçi 165 santimetrni taşkil etgan.
Napoleon öşa davrlarda baland böyli deb hisoblangan Vellington gersogidan 6 santimetrga past, admiral Nelsondan esa 7 santimetrga baland bölgan.
Çerçill va Puşkin Napoleonga nisbatan uç santimetrga, Stalin 4 santimetrga past böyli bölişgan, ammo ular tarixda pakana sifatida qolmagan.
Uni bir umr ta'qib qilgan «mitti kapral» laqabi Italiyaga yuriş vaqtida paydo bölgan. Öşanda Napoleon 26 yoşda edi. Askarlar uning yoşini nazarda tutişgan.
Napoleonning past böyli bölgani haqidagi yana bir miş-mişli holat - marşal Per Ojyero bilan bölgan maşhur suhbatda Italiya armiyasining yangi qömondoni şunday deydi: «Siz mendan baland böyli ekansiz, ammo jasoratingizni menga körsatmasangiz, uşbu farqni yöqqa çiqaraman». Biroq, Ojyero çindan ham, hamma tasdiqlaganidek, gigant bölgan.
Afsonaning kelib çiqişi sababi nima?
Napoleon va Britaniya vaziri kiçik Uilyam Pitt dunyoni bölib olmoqda va unda fransuz imperatorining tasavvurdagi böyi aks ettirilgan
Birinçidan, örta asrlardagi uzunlik ölçov birliklaridagi tafovutlar. Fransuzlardagi fut va dyum inglizlarnikidan birmunça katta bölgan. Napoleonning omma içida maşhur bölgan böy körsatkiçi - 5 fut 2 dyum - britaniyaliklar uçun 169 ni emas, 157 santimetrni taşkil etadi. Qolganini karikaturaçilar özlaridan «qöşişgan».
Mavzuga oid
Ikkinçidan, uning şaxsiy qöriqçilarini taşkil etuvçi gvardiya grenaderi askari böyi kamida 5 fut 10 dyum (178 santimetr) bölişi haqida buyruq berib Napoleonning özi afsonaga sabab bölgan.
Nima uçun? U marşal va ad'yutantlarni oltin kaşta va patlar bilan bezangan holda kiyinişga undab, özi oddiygina kulrang tusli kiyim va uç qirrali şlyapa kiyib olgani ham bunga sabab bölgani ehtimolga yaqin. Kontrast fonda uning qomati diqqatni yaqqol jalb qilgan va ajralib turgan.
2. Napoleon öz familiyasidan «u» harfini olib taşlab, uni fransuz tiliga moslaştirgan
Napoleon heç qaçon «Buonapart» bölmagan, xuddi Gitler - «Şiklgruber» bölmagani kabi.
Uning korsikalik ajdodlari familiyasi Bonaparte bölgan. Familiya bölajak imperatorning tuğilganlik guvohnomasida va u öqigan Briyenn harbiy maktabi kadetlari röyxatida özgarişlarsiz qayd etilgan.
Napoleonning ota-onasi hujjatlarda Buonaparte holida uçrab turadi.
Ammo familiyaga «u» harfini öğil emas, maşhur Toskani graflik oilasi familiyasiga aloqador böliş uçun uning otasi qöşgan.
3. Napoleon buğdoyrang edi
Uning hayoti davrida fotografiyalar mavjud emasdi, aksariyat suratlar va kitoblardagi illyustratsiyalarda esa u qora soçli va qora közli qilib tasvirlangan. Korsika, Örta Yer dengizi, janubga xos taşqi qiyofa.
Aslida esa, Napoleon soçlari töq malla tusda, közlari moviy rangda bölgan. Bu haqda marşal Jyunoning rafiqasi gersoginya d'Abrantes va fransuzlar imperatorini Tilzitda Aleksandr I bilan muzokaralari vaqtida körgan Denis Davidov öz memuarlarida yozib qoldirişgan.
Davidov Napoleonning burni katta körinmagani, töğri va kiçik bölganini tasdiqlagan.
Korsikada qönğir va malla soçlilar kam emas. Olimlar bunga orolni izolyatsiya qiliş natijasida qadimgi genlar saqlanib qolişini sabab qilib körsatişadi.
4. Napoleon Gizadagi katta sfinksning burnini unga zambarakdan öq otişga buyruq berib sindirgan
Bu haqida Misr gidlari sayohatçilarga hikoya qilişadi. Ammo köplab suratlar va yozma manbalar şuni isbotlaydiki, sfinks öz burnidan ança avvalroq mahrum bölgan. Uning sababi, katta ehtimol bilan, şamol va havo haroratining keskin özgarişlaridir.
Napoleon bunday buyruq berişi mumkin emasdi, çunki u Qadimiy Misr merosini qadrlagan va uni örganişga zamin yaratgan. Yurişi davomida Fransiya akademiyasi tomonidan tanlab olingan turli mutaxassislikdagi izlanuvçilar guruhini özi bilan olib ketgan.
Yuriş vaqtida tösatdan kolonnaga turk kavaler-mamluklari hujumi boşlanganda Napoleon bor ovozi bilan özining afsonaviy buyruğini bergan: «Eşaklar va olimlar örtaga».
5. Fransuz imperatori fransuz talaffuzida ravon sözlamagan
Bu esa haqiqat. Oilada uning ota-onasi italyança gaplaşgan.
Napoleon köplab sohalarda juda köp bilimlarga ega bölib, hamma narsada qobiliyatli va iqtidorli hisoblangan. Mohir deb ham ataş mumkin, biroq til örganişda emas - maktabda lotin tiliga toqat qila olmagan bölsa, yoşlik yillarida nemis tilini örganişga harakat qilgan. Muqaddas Yelena orolida ingliz tilini egallaşga kirişgan, ammo ulgurmagan.
U albatta, fransuz tilini yaxşi örgangan, lekin talaffuzdagi muammolardan umrining oxirigaça qutula olmagan - xuddi Yekaterina II va Stalin kabi.
6. Napoleonning «oltin karvoni»
Afsonaga köra, Napoleon Rossiyadan çekiniş vaqtida Vyazma yaqinidagi Syomlevskiy köliga Moskvada töplagan xazinasini çöktirib yuborgan: oltin tangalar va yombilar, çerkov anjomlari, zargarlik buyumlari va hattoki Buyuk Ivanning qönğiroq minorasidagi xoç.
Napoleon Bonapart Arkol köprigida, surat muallifi Antuan-Jana Gro
Köl bir neça bor örganilgan bölib, sönggi marta 1979 yilda ğavvoslar yordamida ham heç narsa topilmagan.
Xazina haqidagi ma'lumotning yagona manbasi general Filipp de Segyuraning 1824 yilda e'lon qilingan memuari bölib, undan Valter Skott mualliflik qilgan Napoleonning biografiyasiga köçirib yozilgan.
Şunga qaramay, işqibozlar xazina borligiga işonişda davom etmoqdalar: Syomlevskiy köli tubidagi loy qatlami 16 metrga yetgan va suvda kumuş ionlari köpayişi qayd etilgan.
7. Napoleonni inglizlar zaharlaşgan
Napoleon 51 yoşda vafot etgan. Uning soçlarida va Muqaddas Yelena orolidagi xonasi devorlaridagi gul qoğozlarda margimuş izlari topilgani makkorona qotillik yuz bergani haqidagi fikrlarga sabab bölgan.
Ammo Napoleon davrida margimuş tibbiyot va sanoat sohasida hozirgidan köra ança keng qöllangan. Napoleon va öşa davrdagi boşqa odamlarning soçlarini taqqoslaganda ulardagi margimuş miqdori deyarli bir xilni taşkil etgan - hozirgi odamniki bilan soliştirganda taxminan yuz barobar yuqori.
Alomatlarni örganib çiqqan tibbiyot xodimlarining fikriga köra, Napoleon jigar raki sababli ölim topgan.