Nemis yozuvçisi Stefan Sveyg özining maşhur “Şaxmat novellasi”da “Şaxmatda ham işq-muhabbatda bölgani kabi bitta şerik bölişi talab etiladi” degan edi. Tarjimon Botir Rahmonov şu asarning söz boşisida Germaniya safari davomida mahalliy yoşlarning ğalati aqliy öyiniga guvoh bölganini yozadi. Davralarda suhbatlaşayotib, goh-gohida yonidagilardan biri “şohni h8 ga yurdim”, desa, şerigi “farzinni s4 ga oldim”, deb javob qaytarar ekan. Bu sirli raqamlarning sababini söraganida, bularning hammasiga Sveyg sababçi ekanini aytişgan. Keyinçalik ma’lum bölişiça, muallifning “Şaxmat novellasi” asari dunyo yuzini körgaç, Yevropada ayniqsa, yoşlar orasida şaxmat taxtasisiz tasavvurda şaxmat öynaş keng rusum bölgan ekan.
Şaxmat qanday paydo bölgan?
Şaxmat miloddan avvalgi V asrda Hindistonda paydo bölgan. VI asrga kelib, aynan şu yurtda şaxmatning biroz şakllangan varianti – çaturanga öylab topilgan. Bu maşhur öyin uzoq vaqt amalda qöllanilib, qöşni davlatlarga ham tarqay boşlagan. Çaturangadagi ayrim donalar va ularning yönalişlari hozirgi şaxmat donalari bilan deyarli bir xil. Ammo qadimgi öyin şaxmatdan farq qiladi. Ularning orasidagi asosiy farq – qoidalarda.
Birinçidan, bu öyinni şaxmat singari ikki kişi emas, tört kişi öynagan. Ikkinçidan, öyin uçun odatdagidek ikki xil (oq va qora) ranglardan foydalanilmagan. Aksinça, çaturangada öyinçilar qora, sariq, qizil, yaşil ranglarda dona surişgan.

Vaqt ötişi bilan çaturanga şarq xalqlari orasida ham maşhur böla boşladi. Faqat uning nomi sayqallanib, şatranjga aylangan. Şu-şu bugungi kunga qadar rivojlanib kelayotgan uşbu aqliy sport turi şaxmat nomi bilan ma’lum va maşhur. Uşbu sport turining yaratilişi borasida bir qança faraz va rivoyatlar mavjud. Uni turli mamlakatlar turliça talqin qiladi. Öz ajdodlarining nomlari bilan boğlaydiganlar ham yöq emas. Ana şunday rivoyatlardan biri quyidagiça.
Şoxni “mot” qilgan yigit
Rivoyatlarga qaraganda, bir şoh zamonasining eng zukko ulamolarini töplab, ajoyib öyin öylab topişlarini amr qiladi. U şunday öyin bölsinki, faqat şohlar öynasin! Şunday murakkab bölsinki, zehnni çarxlasin! Şunday jozibador bölsinki, fikr-yoding u bilan band bölsin. Ulamolar orasida “katta kuraş” boşlanadi. Ularning maqsadi bitta. U ham bölsa, podşohning va’da qilgan mukofotiga erişiş edi.









