Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Agrobank» Qashqadaryo boshqarmasi tadbirkorlarga qanday yordam bermoqda?

«Agrobank» ATB boshqaruv raisi va o‘rinbosarlarining hududlarda kichik biznes sub'yektlari, jumladan, eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tadbirkorlik sub'yektlari va mijozlar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari – Shuhrat Rasulov 2019 yil 15 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi «Agrobank» viloyat boshqarmasi binosida bo‘lib, tadbirkorlarning taklif va muammolarini eshitdi.

Masalan, «Dilziyo» nodavlat MTM bolalarni olib yurish uchun mikroavtobus sotib olishga yordam so‘ragandi. Shuhrat Rasulov bilan uchrashuvda bu tadbirkorga yordam berishga kelishib olindi. Turizmni rivojlantirish uchun mehmonxona binosini jihozlashda «Agrobank»dan yordam so‘ragan «Shomilbek» xususiy korxonasiga ham yordam berish belgilab olindi. Xuddi shu — mehmonxonani jihozlash borasida yordam so‘ragan «Evers-s» M.Ch.Jga esa xorijiy mablag‘lar hisobidan pul ajratilishi aytildi.

Uchrashuv chog‘ida mijozlardan terminal orqali to‘lovlarni qisqa muddatli o‘tkazish bo‘yicha takliflar tushdi. Bu taklif o‘rganilib, ijobiy hal qilinishi aytib o‘tildi.

«Nasaf Hamkor Tayyorlov» MJChga «Agrobank» orqali xorijiy mablag‘lar hisobidan 290 ming AQSh dollarga sovutkichli sig‘im tashkil etishga ruxsat berildi.
Mavzuga oid
19:00 / 14.12.2025
Agrobankning AI500! HAKATON musobaqasi
17:00 / 10.09.2025
«Agrobank»da kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi
20:01 / 29.08.2025
Sho‘rlangan yerlarda tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanishi mumkin
14:00 / 05.06.2025