Vazirlar Mahkamasining “2019 yil hosili paxta xomaşyosini yiğib-terib oliş işlarini uyuşqoqlik bilan ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, «Özpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati, «Özagroservis» aksiyadorlik jamiyati, «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşining 2019 yil hosili uçun yetiştirilgan paxta xomaşyosini terib olişda:

paxta xomaşyosining maşinada terilgan 1 tonnasi uçun 500 000 söm xizmat haqi tölaş;

paxta xomaşyosining qölda terilgan 1 kilogrammi uçun birinçi terimda örta tolali paxta navlari uçun – 800 sömdan, uzun tolali paxta navlari uçun – 1000 sömdan, ikkinçi terimda örta tolali paxta navlari uçun – 1000 sömdan,  uzun tolali paxta navlari uçun – 1400 sömdan mehnat haqi tölaş;

paxta yiğim-terimi mavsumida terim otryadi rahbarlari hamda Sirdaryo viloyatida taşkil etilayotgan dala markazlarining rahbarlari (menedjyerlari)ga istisno tariqasida fuqarolik-huquqiy şartnomalar asosida Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat işlari jamğarmasi mablağlari hisobidan mehnat haqi tölaş töğrisidagi takliflari ma'qullanişi mumkin.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi joriy yilning 15 sentyabriga qadar eksperiment tariqasida, Jizzax, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toşkent viloyatlaridagi qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan paxta teriş işlariga jalb qilinadigan paxta teriş maşinalari xizmatidan foydalanganlik uçun xarajatlarning 30 foizini qoplab beriş mexanizmini joriy etadi.

Belgilanişiça:

otryad rahbarlari terilgan paxta xomaşyosi miqdoridan kelib çiqqan holda mehnat haqini oşirib boriş asosida rağbatlantiriladi;

paxta yiğim-terimida iş kuçi yetişmovçiligi mavjud bölganda, tumanlar hokimliklari, paxta-töqimaçilik işlab çiqariş taşkilotlari hamda tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşlarining buyurtmalariga asosan tuman (şahar) bandlikka kömaklaşiş markazlari va xususiy bandlik agentliklari tomonidan qöşimça terimçilar ixtiyoriy ravişda jalb etiladi;

xususiy bandlik agentliklari xizmatlari tomonidan har bir iş bilan band bölmagan aholini paxta yiğim terimiga ixtiyoriy ravişda jalb qilganligi uçun bazaviy hisoblaş miqdorining ikki baravari miqdorida mehnat organlari tomonidan Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan tölanadi.