O‘zbekiston | 12:17 / 19.08.2019
4847
4 daqiqa o‘qiladi

2019 yil yanvar-iyul oylarida 38 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan 

Foto: sergiev.ru

2019 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 38 984,9 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur'ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,3 %ni tashkil etdi. Bu haqda Davstatqo‘m xabar bermoqda.

Joriy davrda jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 9 479,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 13,6 %ga ko‘p ishlar bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkich darajasidan 1,2 % punktga kamaygan. 

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi joriy davrda qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan keskin oshganligi kuzatildi. 

Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,6 %i to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,3 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 126,8 %ni tashkil etgan holda 21 272,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,1 % punktga kamayib, 21,1 %ni tashkil etdi va 8 232,7 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. O‘tgan yilning mos davridagi hajm bilan solishtirganda 109,0 %ni tashkil etgani kuzatildi. 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlarining asosiy qismi qurilish loyihalarini ishlab chiqish, turar joy va yashash uchun mo‘ljallangan binolar qurish hamda yashash uchun mo‘ljallanmagan binolarni qurish bo‘yicha amalga oshirilgan qurilish ishlaridan tashkil topdi. 

Binolar va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 21,7 %ni tashkil etib, o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 3,6 % punktga kamaydi. Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 6,1 % punktga ko‘payib, 49,9 %ni tashkil etdi. Norasmiy sektorning ulushi esa o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,5 % punktga kamayib, 28,4 %ni tashkil etdi. 

Fuqarolik obektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 42,8 %ni tashkil etdi va o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 8,5 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi mos ravishda 54,5 % (7,7 % punktga kamayish) va norasmiy sektorning ulushi 2,7 %ni (0,8 % punktga kamayish) tashkil etdi. 

Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,5 % punktga ko‘paydi va 19,7 %ni tashkil etdi. Qolgan 80,3 % kichik korxonalar va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,5 % punktga kamaydi. 

Mavzuga oid