Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh taqiqlangan qanotli raketani sinovdan o‘tkazdi
AQSh ilgari O‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomada taqiqlangan qanotli raketani sinovdan o‘tkazdi.
Sinov 18 avgust kuni o‘tkazildi.
"Mudofaa vazirligi Kaliforniya shtatidagi San-Nikolas orolida oddiy yerusti qanotli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Sinov raketasi yerusti uchirish qurilmasidan parvoz qildi va 500 kilometr masofadan ortiq parvozdan so‘ng nishonni aniq urdi", — deyiladi Pentagon xabarida.
O‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma 1987 yilda imzolangandi.
2018 yil oktyabrda Donald Tramp Moskvani majburiyatlarni buzishda aybladi va Vashington shartnomadan chiqishini e'lon qildi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026