Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyevning o‘g‘li otasi va oilasining hibs qilingan mol-mulki ro‘yxatini uydirma deb atadi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning o‘g‘li Qodirbek Atamboyev bosh prokuratura tomonidan otasi va oilasining hibs qilingan mol-mulki ro‘yxatini uydirma axborot deb atadi. U bu haqda Facebook’dagi sahifasida yozgan.
Atamboyevning kenja o‘g‘li fikricha, bosh prokuratura otasi va yaqinlarining hibs qilingan mol-mulki masalasida “jamoatchilikni ataylab chalg‘itmoqda”.
“Almazbek Sharshenovichga va bizga, uning oilasi a'zolariga go‘yoki tegishli ekani aytilayotgan 120 ta mulk birligi bo‘yicha bayonot bermoqchiman. Oilamiz a'zolariga qo‘shib yozilayotgan narsalar aslida bizga tegishli emas, mediahududga bunday uydirmalar tashlanishini hokimiyatning qora piari deb hisoblaymiz”, deb aytgan kichik Atamboyev. Uning aytishicha, hokimiyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra ro‘yxatdagi 120 mulk birligidan 101 tasi Atamboyev va uning oila a'zolariga tegishli emas.
Jumladan, “Kirgizavtomash” OAJ 2007 yildan beri Atamboyevlar mulki hisoblanmaydi.
“Eng bema'nisi esa bosh prokuratura zavod ishchilariga 1996 yilda sotib yuborilgan kvartiralarni ham bizga qo‘shib yozganidir. Men ushbu yolg‘on ro‘yxatdan karaxt holdaman”, deb yozgan Qodirbek Atamboyev.
Qodirbekning ta'kidlashicha, haqiqatda 2002 yildan beri “Qirg‘iziston” tijorat bankida joylashgan hisobraqamgina mavjud. Uning aytishicha, unda shunday his paydo bo‘lganki, bosh prokuratura ro‘yxatda shunchaki Qirg‘izistonning barcha banklarini sanab o‘tishga va hattoki ular orasiga Pokiston milliy banki filiallarini ham qo‘shishga qaror qilgan.
Bundan tashqari, ro‘yxatga sud qarorigacha tortib olingan mashinalar qo‘shilgan va ularning barchasi 1990-yillar, 2000-yillar boshida ishlab chiqarilgan.
“Mas'uliyat bilan ayta olamanki, “Aprel” telekanalining bankda hisobraqami va Jalolobodda mulki yo‘q, kanalga tegishli hech qanday radio va telemarkaz yo‘q”, deb qo‘shimcha qilgan Atamboyevning o‘g‘li.
Uning ta'kidlashicha, Atamboyevlarga qirg‘iz telekanallarining aksariyati kiruvchi teleradiotashkilotlar uyushmasi ham tegishli emas.
“Qo‘y-Toshdagi dala hovlidan tashqari, qolgan mulk Almazbek Sharshenovich prezident bo‘lishidan ancha oldin sotib olingan, ro‘yxatda hattoki 1985 yilda bobomiz tomonidan qurilgan uy ham bor”, deb aytgan Qodirbek.
Atamboyev o‘g‘lining aytishicha, otasi Qirg‘iziston rivoji uchun katta miqdorda o‘z shaxsiy mablag‘larini sarflagan. Uning eslatishicha, otasi 1990-yillardan boshlab tadbirkorlik bilan shug‘ullangan va o‘z pullarini aynan shu sohada ishlab topgan.
Mavzuga oid
10:14
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026