Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Gruziya TIV rahbarlari bir-birlariga tabrik maktublari yo‘lladi
2019 yilning 19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi va Gruziya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlari bir-birlariga tabrik maktublarini yo‘lladilar.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘z maktubida «mamlakatlarimiz poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning tiklanishi hamda joriy yilning boshida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Gruziya tashqi siyosat idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazilishi» O‘zbekiston-Gruziya munosabatlari rivojining yorqin misoli hisoblanishini qayd etdi.
O‘zbekiston TIV rahbari ishonch bilan ta'kidladiki, «bizning samarali va konstruktiv hamkorligimiz ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo‘lida ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Gruziya munosabatlarini yanada izchil rivojlantirish va mustahkamlashga imkon beradi».
Gruziya tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani mamlakatlar va xalqlar uchun ahamiyatli kun bilan O‘zbekiston TIV rahbarini tabriklab, mamnuniyat bilan qayd etdiki, «o‘zaro hamkorlik nisbatan qisqa muddat ichida qalin do‘stlik, hamjihatlik va hurmatga asoslangan yuqori darajaga erishdi».
«Ushbu fursatdan foydalanib ikki tomonlama munosabatlarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faol muloqotni yanada rivojlantirish va kengaytirishga intilishimizga sizni ishontirishni xohlayman», - deyiladi Gruziya tashqi siyosat idorasi rahbarining maktubida.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
17:50 / 27.01.2026
O‘zbekiston Rossiyadagi reydlarda o‘z fuqarolarining huquqlari ta’minlanishini so‘radi
12:44 / 23.01.2026