Samarqand davlat universiteti huzurida aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etiladi

Foto: samdu.uz
Vazirlar Mahkamasining Samarqand davlat universiteti huzurida aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Samarqand viloyati hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligining Samarqand davlat universiteti huzurida aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifalari etib belgilandi:
fizika, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilarni tanlash, ularga zamon talablari darajasida chuqurlashtirilgan bilim berish, oliy ta'lim tizimi uchun yuqori intellektual salohiyatli yoshlarni tayyorlash;
har bir iqtidorli o‘quvchining individual kamol topishi xususiyatlarini inobatga olib ularga professor-o‘qituvchilarni biriktirish, mustaqil ta'lim olish hamda ilmiy-ijodiy ish bilan shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantirish va istiqbolda rivojlantirish;
iqtidorli o‘quvchilarning respublika va xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini hamda sovrinli o‘rinlarni egallashini ta'minlash;
ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilar uchun yuqori sifatli ta'lim jarayonini tashkil etish;
ta'lim jarayoniga o‘qitishning innovatsion va samarali usullarini, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish;
yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni jalb etgan holda o‘qitiladigan umumta'lim fanlari bo‘yicha maxsus darsliklar, elektron o‘quv adabiyotlari, metodik ishlanmalar yaratish, o‘quvchilarning fan sirlarini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinfiga fizika-matematika yo‘nalishi bo‘yicha 60 nafar va kimyo-biologiya yo‘nalishi bo‘yicha 60 nafar o‘quvchi tegishlicha fizika-matematika va kimyo-biologiya fanlaridan o‘tkaziladigan tanlov asosida qabul qilinadi;
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziriga ixtisoslashtirilgan maktabning moddiy-texnik bazasi, imkoniyatlari, pedagog kadrlarning salohiyati hamda mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi;
ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar (shahodatnoma, attestat) beriladi;
ixtisoslashtirilgan maktab direktori Samarqand davlat universiteti rektorining tavsiyasiga muvofiq oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Samarkand shahar, Dahbed ko‘chasi, 45-uy manzilida joylashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universigeti Samarqand filialining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan maktabga;
Samarqand shahar, Professorlar ko‘chasi, 51-uy manzilida joylashgan Samarqand moliya va iqtisodiyot kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining binolarida tahsil olayotgan Samarqand bank kollejining o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar ixtisoslashtirilgan maktabga berilayotgan binolarda;
Samarqand moliya va iqtisodiyot kollejining o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradilar.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

14:01 / 13.02.2025