O‘zbekiston | 18:47 / 20.08.2019
7217
1 daqiqa o‘qiladi

Yaylovlar doimiy egalikka, ijara va vaqtinchalik foydalanishga beriladi

Foto: KUN.UZ

Hukumat qarori (689-son, 19.08.2019 y.) bilan Yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta'minlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan har besh yilda bir marta yaylovlarda geobotanik tadqiqotlar olib borish va xatlovdan o‘tkazish, yaylovlar almashinishini tashkil etish va unda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalari belgilanadi.

Yaylovlar belgilangan maqsadlar uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan doimiy egalik qilishga, ijaraga va vaqtinchalik foydalanishga berilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid