Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha Rossiya bilan yangi shartnoma tuzishi mumkinligini bildirdi
AQSh qurollarni nazorat qilish bo‘yicha Rossiya bilan yangi kelishuv imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Xeyl "Xabar 24" telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Biz qandaydir yangi narsani ko‘rishni istardik. Ehtimol, sermahsul muzokaralar natijasida raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha yangi shartnoma tuzish imkoniyati bordir. Bu har ikki tomon xohishi, maqsadlariga bog‘liq. Bu mavzuda rossiyalik hamkasblarimiz bilan bir nechta uchrashuv o‘tkazdik, ular davom etadi degan umiddaman", - dedi Xeyl.
Eslatib o‘tamiz, 2 avgust kuni AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Vashington O‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishini e'lon qildi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi ham shartnoma 2 avgustdan AQSh tashabbusi bilan bekor qilinganini tasdiqladi.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026