Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Krishtianu Ronaldu: «Bu mavsum faoliyatimdagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin»
Joriy mavsum «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun professional faoliyatidagi oxirgisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda u Portugaliyaning TVI radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Buni bilmayman. Ehtimol, kelasi yil faoliyatimni tugatarman... Lekin 40-41 yoshgacha ham o‘ynay olishim mumkin.
Aniq bilmayman. Doim aytadiganim – o‘tib borayotgan lahzalardan zavqlanish kerak. Menga juda zo‘r imkon berilgan va men undan bahramand bo‘lishda davom etmoqchiman», – dedi 7-raqam egasi.
«O‘rnatgan rekordlari menikidan ko‘proq biror futbolchi bormi? Bo‘lmasa kerak», – deb qo‘shimcha qilgan u.
Ma'lumot uchun, Krishtianu faoliyati davomida «Sporting», «Manchester Yunayted» va «Real» klublarida ham o‘ynagan, jami 29ta jamoaviy sovrinni qo‘lga kiritgan. U YeChL va Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar va eng yaxshi assistent sanaladi.
Mavzuga oid
09:46
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026
Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi
12:38 / 21.06.2026
JChda 10-kun. Germaniyada kambek, Kyurasaoda sensatsiya, portugallar lagerida mojaro
12:37 / 18.06.2026