Tadbirkorlikni rivojlantiriş – Özbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yuksaltirişning muhim şartlaridan biri ekaniga şubha yöq. Bugun işbilarmonlar har tomonlama qöllab-quvvatlanmoqda, ularga juda köp imkoniyatlar, imtiyozlar berilmoqda, ularning oldidagi tösiqlar olib taşlanmoqda. Ammo gap tadbirkorlikni rivojlantiriş bilan bir qatorda, inson salomatligi va atrof-muhit muhofazasi masalasiga borib taqalsa nima böladi? Albatta bunda davlatimiz qonunlari, idora va taşkilotlar tomonidan işlab çiqilgan me'yorlar va qoidalarga amal qilinadi. Tahririyatimizga kelib tuşgan murojaat aynan şu mavzuga daxldor.

Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Boşqirşix qişloğining Yangi-yop mahallasida istiqomat qiluvçi aholi ğişt işlab çiqariş sexlari faoliyatining salbiy ta'siri oqibatida ekologik va sanitariya-epidemiologik vaziyat oğirlaşganidan şikoyat qilişdi.

Ayni paytda mahalla hududiga yaqin joyda bir emas, uçta ğişt işlab çiqariş sexi faoliyat yuritmoqda. Aholi şikoyatiga köra, sexlardan tarqalayotgan sassiq hid va tutun tufayli nafas oliş qiyinlaşmoqda, turli allergik kasalliklar kelib çiqmoqda. Odamlar bu zavodlar köçirib yuborilişini istayapti.

Yangibozor tumani hokimligi ma'lumotiga köra, Yangi-yop mahallasi hududida ğişt işlab çiqaruvçi uçta - «Mirzo Halillo öğli» (kömir yoqilğisidan foydalanadi), «Amin Böron Mirzo» (gaz) va «Bözqal'a muhandisi» (kömir) sexlari faoliyat yurityapti.

Sanitariya me'yorlari va qoidalariga köra, ğişt sexi aholi yaşaydigan joylardan ma'lum bir uzoqlikda bölişi, oradagi sanitariya himoya masofasiga amal qilinişi şart. Aks holda aholi salomatligiga putur yetkazişi mumkin.

Xorazm viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (DSENM) tomonidan Yangi-yop mahallasida ötkazilgan örganiş natijasida, ğişt işlab çiqariş sexlari bilan aholi xonadonlari örtasidagi sanitariya himoya masofasi saqlanilmagani aniqlandi. «Özbekiston Respublikasi aholisi yaşaydigan joylarda atmosfera havosini muhofaza qiliş böyiça sanitariya me'yorlari va qoidalari»ning 6-bandiga asosan, ğişt işlab çiqariş sexlaridan aholi yaşaydigan joylargaça bölgan sanitariya himoya hududi 300 metr qilib belgilangan. Biroq, Yangi-yop mahallasidagi bu masofa 200 metrni taşkil qiladi. Bundan taşqari, mahalla hududidagi «Yangibozor sanoat kasb-hunar kolleji»dan ğişt sexigaça bölgan masofa esa atigi 50 metrga teng.