Xiva şahrida ötkazilgan xalqaro investitsiya forumi doirasida Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov Avstraliyaning Allied Green Ammoniya kompaniyasi boşqaruvi raisi Alfred Benedikt bilan uçraşdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tomonlar Tuproqqal’a tumanida 5,9 mlrd dollarlik investitsiya kiritiş evaziga “Ekologik toza aviatsiya yoqilğisini işlab çiqariş” loyihasini amalga oşiriş böyiça muzokara ötkazib, tegişli kelişuvlarni imzoladi.
Mazkur loyiha amalga oşirilişi natijasida yiliga 400 ming tonna ekologik toza aviatsiya yoqilğisi işlab çiqariladi, deyiladi xabarda.

Bu loyiha böyiça dastlabki anglaşuv memorandumi 2025 yil aprel oyida, Birlaşgan Arab Amirliklaridagi investitsiya forumi doirasida, Allied Green Ammonia va Özbekiston Respublikasi Xorijiy investitsiyalarni jalb etiş agentligi örtasida imzolangan.
Unda tomonlar qiymati 5,5 mlrd dollarlik yaşil karbamid va aviatsiya yoqilğisi (SAF) loyihasini örganişga kelişib olgandi.
Öşa kelişuvga köra, loyihada yiliga taxminan 800 ming tonna yaşil karbamid, 350 ming tonna barqaror aviatsiya yoqilğisi (SAF) va 35 ming tonna yaşil dizel işlab çiqariş quvvati közda tutilgan edi. Yangi tafsilotlarga köra esa, 400 ming tonna aviatsiya yoqilğisini işlab çiqariş rejalaştirilmoqda.
Taklif etilayotgan loyiha uçun 4 gigavattgaça qayta tiklanadigan energiya manbalari va kuniga 6 ming tonna qişloq xöjaligi çiqindilariga asoslangan biomassadan foydalaniladi. Umumiy loyiha maydoni 7 ming gektarni taşkil etadi.
Ma’lumot uçun, Allied Green Ammoniya (AGA) — Avstraliyada joylaşgan toza energiya kompaniyasi bölib, dunyodagi eng yirik yaşil ammoniy va vodorod işlab çiqariş inşootlaridan birini yaratiş ustida işlamoqda. Kompaniya barqaror energiya infratuzilmasini rivojlantiriş orqali, “net zero” (nol karbon çiqindisi)ga erişişni öz missiyasi deb e’lon qilgan.










