Xorazmda YPXning 2 nafar xodimi maşinasini boşqargan holda telefondan foydalangan haydovçiga töxtaş işorasini bergan. Biroq haydovçi töxtamasdan qoçişga harakat qilgan. YPX xodimlari esa şaxsiy maşinada uning ortidan quvişgan. Xodimlarning ta’qibidan katta tezlikda qoçgan haydovçi xavfli burilişda qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, VAZ-2106 bilan töqnaşgan, undagi 5 kişi halok bölgan. Xodimlar voqea joyidan ketib qolişgan.
Xorazmda 5 kişining ölimiga sabab bölgan haydovçi va YPXning 2 nafar xodimi jinoiy jazoga tortildi.
Kun.uz tanişgan sud hujjatida keltirilişiça, 2024 yil 27 sentabr kuni soat 18:00 larda Şahzod Şamuratov (2005 yilda Xiva tumanida tuğilgan) özining Cobalt maşinasini 4R-163 «Boğot-Yangiariq-Xiva» avtomobil yöli böylab boşqarib borayotib, yölning qarama-qarşi yönalişiga çiqqan holda uyali telefonidan foydalangan.
Buni körgan Xorazm viloyati IIB JXX YHXB saf bölinmalari yöl-patrul xizmati batalyoni 2-safarbarlik guruhi yöl-patrul xizmati inspektori Doniyor Maşaripov haydovçiga töxtaş işorasini bergan. Biroq haydovçi YPX xodimining qonuniy talabiga böysunmasdan harakatlanib ketgan.
Şunda Doniyor Maşaripov va u bilan birga xizmat olib borayotgan Ruslan Matyoqubov Onix rusumli şaxsiy avtomobilda haydovçini quvlaşga tuşgan. Ularning ta’qibidan qoçib borayotgan haydovçi boşqaruvni yöqotgan va yölning qarama-qarşi yönalişiga çiqib ketib, VAZ-2106 maşinasi bilan töqnaşgan.
YTH oqibatida VAZ-2106 maşinasida bölgan 1954 yilda tuğilgan R.K. voqea joyida, 1957 yilda tuğilgan Z.V., 2004 yilda tuğilgan homilador O.O. 2014 yilda tuğilgan I.O. hamda 2020 yilda tuğilgan E.Q. şifoxonada vafot etgan. 2009 yilda tuğilgan B.O. esa oğir tan jarohati olgan. Vafot etganlarning barçasi bir oila vakillari bölişgan.
Holatni körgan YPX xodimlari Ruslan Matyoqubov va Doniyor Maşaripov birinçi yordam körsatiş örniga voqea joyidan qoçib ketişgan.
Şahzod Şamuratov sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan.
«YPX xodimining töxtaş işorasiga böysunmasdan Xiva tumani tomonga qarab harakatlanib qoça boşladim. Şu payti orqamdan qora rangli Onix maşinasi quvib yetib keldi. Unda 2 nafar YPX xodimi ötirganini kördim. Şundan keyin tezlikni oşirib, oldimdagi svetoforning qizil çiroğida ham töxtamasdan ötdim. YPX xodimlari ham svetoforning qizil çiroğida ötib, signal çalib, maşinaning old çiroqlarini yoqib-öçirgan holda quvib kelişdi. 110-120 km/soat tezlikda harakatlangan bölsam-da, ular meni 50-100 metr masofada yaqin kelib, quvişdi.
















