Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuratura energetika tizimidagi xodimlarga nisbatan 25ta jinoyat ishi ochdi
2019 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha 1,9 mlrd zarar yetkazilganlik holati bo‘yicha energetika tizimidagi quyi tashkilotlar ishchilariga nisbatan prokuratura tomonidan 25ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, elektr va gaz ta'minoti korxonalari xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni tahlil qilish orqali, O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetiga qo‘shimcha mablag‘lar tushirildi.
Jinoyat ishlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «talon-toroj qilish», «firibgarlik», «elektr, issiqlik energiyasi, gaz va suv tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish», «mansab vakolatini suiiste'mol qilish», «soxtalashtirish» va boshqa moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.
Energetika tizimidagi quyi tashkilotlarning aybdor shaxslariga nisbatan ozodlikdan mahrum etish (3 kishi), axloq tuzatish ishlari (2 kishi), jarima (1 kishi) va boshqa jazo choralari tayinlandi.
Hozirgi vaqtda yetkazilgan zarardan 116,3 mln so‘mi energetika tizimidagi quyi tashkilotlarning hisob-raqamlariga qaytarilgan.
Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 21,1 mln so‘m miqdorida zarar yetkazganlik holati bo‘yicha Zirabuloq magistral gaz tarmog‘i boshqarmasining 2 nafar xodimiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:03 / 08.01.2026
Prokuratura xodimlari kuni: prezident tabrigi o‘qib eshittirildi, mukofotlar topshirildi
11:23 / 08.01.2026
Prezident prokuratura xodimlari va faxriylarini kasb bayrami bilan tabrikladi
08:30 / 08.01.2026
Bir guruh prokuratura xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
19:56 / 07.12.2025