Umrni uzaytirishning eng oddiy yo‘li ma'lum qilindi
Muntazam ravishda jismoniy harakat qilib turish erta vafot etish xavfini kamaytiradi, deb yozmoqda olimlar.
British Medical Journal nashrida chop etilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, hattoki uy ichini tozalash ham umrni uzaytiradi.
Mutaxassislar qirq yoshdan oshgan 36 ming kishi ishtirok etgan sakkizta tadqiqot natijalarini o‘rganishdi. Ishtirokchilar kundalik faolligiga qarab to‘rtta guruhga bo‘lindi, ular olti yilga yaqin vaqt davomida kuzatuv ostida bo‘lishdi.
Kuzatuvlardan ma'lum bo‘lishicha, eng faol guruhdagi kishilarda erta vafot etish xavfi 73 foizga, faolligi bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi guruhdagilarniki 66 foizga kamaygan.
Olimlarning ta'kidlashicha, uzoq vaqt o‘tiradigan insonlar kuniga 24 daqiqa shaxdam qadamlar bilan yurib turishi yoki shuncha vaqt jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishi kerak.
Shuningdek, olimlarning aniqlashicha, kuniga to‘qqiz-o‘n soat vaqtini o‘tirib o‘tkazadigan kishilarda erta vafot etish xavfi ikki baravarga oshadi.
Mavzuga oid
18:28 / 12.11.2024
Havo ifloslanishi uzoq davom etsa, bolalar va kattalarda astmaga chalinish xavfi ortadi - tadqiqot
12:53 / 10.11.2024
Yangi tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarning zarari haqidagi stereotipni rad etdi
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
18:18 / 06.11.2024