Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayollarga o‘tkazilayotgan tazyiqlarga qarshi kurashishda himoya orderining vazifasi nima?
Foto: Getty Images
Bugun Oliy Majlis Senatining XXI yalpi majlisida xotin-qizlarga nisbatan bo‘layotgan tazyiqlarning oldini olishda himoya orderining ahamiyati senatorlar o‘rtasida o‘zaro muhokamalar markazida bo‘ldi.
Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Rustam Hotamov himoya orderi tushunchasiga va bunga qo‘llaniladigan javobgarlik haqida izoh berdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
“Himoya orderi bir oy muddatga beriladi va ayollar xavfsizligining mustahkam kafolati bo‘loladi. Order tazyiqqa uchrayotgan ayollarga va jabr ko‘rsatishga ta'sir ko‘rsatayotgan shaxsga beriladi. Bu vaqtdan boshlab shu instansiya qattiq nazoratga olinadi, doimiy profilaktik suhbatlar olib boriladi. Agar shu qonun hujjatida himoya orderi jinoiy va boshqa turdagi javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. Shu muddat davomida har kuni jabr ko‘rgan shaxsning himoyasi tashkil etiladi”.
Shuningdek, adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham yuqoridagi fikrlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Kimdir xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazishi bo‘yicha qonunchilikda jazo belgilanmagan. Masalan, tazyiq o‘tkazadigan shaxs jabrlanuvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilmaydi, balki ortidan kuzatib yuradi. Bunda u qonunni buzmayapti. Himoya orderi qo‘llanilganidan keyin ham shu holat davom etadigan bo‘lsa, javobgarlik masalasini qaytadan ko‘rib chiqish kerak”.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026