Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda «O‘zbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasida» arxeologik-turizm forumi ish boshladi
Bugun, 24 avgust kuni Termiz shahrida “O‘zbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasida” arxeologiya-turizm forumi ish boshladi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Xofstra universitetining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo dasturi direktori professor A. Naymark (Nyu-York, AQSh), O‘zR FA San'atshunoslik instituti direktori Sh. Pidayev, Jyeshua universiteti qadimgi tarix va sharqshunoslik departamenti rahbari M. Olbrixt (Polsha) so‘zga chiqishdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Mazkur forumni o‘tkazish tashabbusi shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyevga tegishli ekanini ta'kidladi.
“Surxondaryodagi arxeologik tadqiqotlar Markaziy Osiyo mintaqasi tarixiga oid yangidan yangi tafsilotlarni yuzaga chiqarishda davom etmoqda. Eng so‘nggi noyob kashfiyotlardan biri ayni damda Kampirtepa nomini olgan shaharchada joylashgan mashhur Oks Aleksandriyasidir. Bu chin ma'nodagi sensatsion kashfiyot qadimiy shaharchani dunyoning eng ellinistik markazlari darajasiga yuksaltiradi. Ellinistik Oks Aleksandriyasi, Fayoztepa va Qoratepa shaharchalari, ajoyib Termiz arxeologiya muzeyi, Kushonlar xazinasi – bularning bari tariximizning yorqin sahifalari, bizning kunlargacha saqlanib qolgan noyob artefaktlar buning yaqqol misolidir. Tarixni ommalashtirish nafaqat ilm-fan, balki turizmni rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Turli tarixiy davrlarga doir ma'lumotlarni tarqatish orqali biz o‘tmishdan saqlanib qolgan yodgorliklarga keng jamoatchilik e'tiborini qaratishimiz mumkin”, - dedi Aziz Abduhakimov.
Forum doirasida “Kushon merosi” videoroligi taqdimoti o‘tkazildi. Shundan so‘ng “Qadimgi davr bilan muloqot madaniy taraqqiyoti omili sifatida”, “Ellinizm davri: Sharq va G‘arbning Osiyo yuragida uchrashuvi”, “Kushon saltanati: antik tsivilizatsining buyukligi” sho‘'ba yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Ularda dunyoning taniqli arxeolog va tarixchilari o‘z ma'ruzalari bilan qatnashdi.

Ma'lumki, bugunga qadar O‘zbekiston hududida joylashgan arxeologik yodgorliklarning yagona katalogi bo‘lmagan va bu nafaqat ularning to‘liq hisobi bilan bog‘liq vazifani qiyinlashtiradi, balki O‘zbekiston moddiy merosini asrash va o‘rganishda ham muayyan muammolarni yuzaga keltiradi. Forum doirasida “O‘zbekiston arxeologik yodgorliklari katalogi” hamda “O‘zbekiston tarix va madaniyati arxeologik yodgorliklari katalogi” taqdimoti ham o‘tkazildi. Ushbu yangi loyiha sohadagi bilimlarni tizimlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, “Madaniy meros haftaligi” ishtirokchi va mehmonlari kun davomida Termiz arxeologiya muzeyi ekspozitsiyasini ko‘zdan kechirishadi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zEOAVMA, O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha butunjahon jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur forum mamlakatda arxeologiyani rivojlantirish yo‘lida xizmat qilishi hamda jahon ilm-fanini yangi kashfiyotlar va tadqiqotlar bilan boyitishi shubhasiz, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi.
Mavzuga oid
12:35 / 09.07.2026
I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi ishtirokchilari 10 ta global tashabbusni ilgari surdi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026