Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi iştirokçilari Islom sivilizatsiyasi merosini örganiş, asraş, raqamlaştiriş va dunyo miqyosida tarğib qilişga qaratilgan 10 ta global taşabbusni ilgari surdi. Takliflar orasida Islom sivilizatsiyasi Butunjahon forumi, xalqaro raqamli reyestr, global raqamli kutubxona, xalqaro mukofot, tadqiqot jamğarmasi, muzeylar ittifoqi va 2030 yilgaça bölgan xalqaro «yöl xaritasi»ni işlab çiqiş kabi taşabbuslar bor.
— «Birlaşgan Millatlar Taşkilotining 80 yillik yubiley sessiyasida aynan ajdodlarimiz merosini, ya’ni Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy merosini Birlaşgan Millatlar Taşkilotida taqdimotlar ötkazişni maqsad qilgan edik. Uşbu forum esa dastlabki qadamdir. Xususan, sentabr oyida Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy markazlari, Din işlari böyiça qömita, Musulmonlar idorasi hamkorligida Nyu Yorkda, Jyenevada va Parijda mana şunday xalqaro forumni ötkazişni ham reja qilganmiz», - deya ma’lumot berdi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Şermuhamedov.
Tadbir davomida kitob naşrlari va qölyozmalarni qayta tiklaş, xattotlik an’analarini asraş hamda ularni kelajak avlodga yetkaziş masalalari ham muhokama qilindi. Bu borada milliy kitobat maktabi namunalari asosida tayyorlangan yangi naşrlar alohida qiziqiş uyğotdi.
Imom Termiziyning kitobini taqdim etgan Damir-hazrat Muxetdinov — Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi raisi birinçi örinbosari, Moskva islom instituti rektori forumda dunyoga maşhur bölgan olimlarning iştirok etayotgani zamonaviy geosiyosatda va bugungi islom dunyosida Toşkentning roli katta ekanini ta’kidladi:
— «Biz aminmizki, tizimli va izçil mehnat, mamlakatingiz siyosiy rahbariyati namoyon etayotgan ulkan şijoat va energiya, şuningdek, mehmonlarning uşbu loyihalarga katta muhabbat bilan daxldor böliş, ularni his qiliş hamda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy qadamjolarini qaytadan ziyorat qilişga bölgan kuçli xohişi — bularning barçasi respublikaning ulkan turistik, tarixiy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy salohiyatidan dalolat beradi. Agar barça urğu va ustuvorliklar töğri belgilansa, mamlakat muvaffaqiyatli va farovon rivojlanib bora oladi».
Forum iştirokçilari davlatlar, xalqaro taşkilotlar, ilmiy muassasalar, oliy ta’lim muassasalari, muzeylar, kutubxonalar va jamoat taşkilotlarini uşbu taşabbuslarni amalga oşirişda hamkorlikka çaqirdi.
Mazkur taşabbuslar tinçlik, özaro hurmat, ta’lim va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlaşga, şuningdek, Islom sivilizatsiyasi boy merosini jahon madaniy merosining ajralmas qismi sifatida asraş va keng tarğib etişga xizmat qiladi.











