Jahon | 21:08 / 25.08.2019
6442
2 daqiqa o‘qiladi

Hongkong politsiyasi namoyishchilarni tarqatish uchun ilk bor suvpurkagichlar qo‘lladi

Hongkong politsiyasi 25 avgust kechki payt shaharning qit'adagi qismida joylashgan Tsuyen Van tumanida namoyishchilar guruhini tarqatish uchun ilk bor suvpurkagichli maxsus mashinalar qo‘lladi. Bu haqda mahalliy televideniye xabar berdi.

Tartibsizliklar hududiga 15 ta suv otuvchi zambaragi bo‘lgan 2 ta Mercedes-Benz yuk mashinasi yetkazilgan. Ulardan biri yo‘lning qatnov qismida namoyishchilar tomonidan qurilgan barrikadalarni olib tashlash uchun kuchli suv oqimi ota boshlagan. 

Namoyishchilar bunga javoban g‘ishtlar va yonuvchi aralashmali butilkalar uloqtirishgan. Oxir-oqibat politsiya yo‘lni tozalab, namoyishchilarni orqaga chekintirishga muvaffaq bo‘lgan. 

Shu bilan birga yangi texnika bevosita namoyishchilarga qarshi to‘liq kuch bilan qo‘llanmagan.

Hongkongdagi joriy namoyishlar sobiq britan mustamlakasining Xitoyga 1997 yilda qo‘shilgandan keyin eng katta ko‘lamlisi hisoblanadi.

2018 yil Hongkong ma'muriyati tomonidan maxsus buyurtma bilan 2 mln dollarga 3 ta suv otuvchi Mercedes-Benz yuk mashinasi sotib olingan. Har bir mashina 24 tonna og‘irlikka ega bo‘lib, 15 ta suvotgich bilan jihozlangan. Ular, shuningdek, keyinchalik tartibsizliklar ishtirokchilarini aniqlash uchun yuvilmaydigan bo‘yoq ham ota oladi. Ayni vaqtda Hongkongda ushbu mashinalardan 2 tasi navbatchilikda turadi. 

25 avgustda namoyishchilarning bir qismi hokimiyat bilan kelishilgan yo‘nalishdan chiqib, tartibsizliklar boshlagan. Politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llagan, ammo namoyishchilar qarshilik ko‘rsatgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid