Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni belgilanadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda “O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1870 yil may oyida Toshkent shahrida birinchi Xalq kutubxonasi (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi) tashkil etilgan. Bugungi kunda respublikada 12 mingdan ziyod axborot-kutubxona muassasasi mavjud. Shuningdek vazirliklar, idoralar va davlat organlari, shahar, tumanlarda ham ana shunday ziyo maskanlari ishlab turibdi. Axborot-kutubxona muassasalarining kitob fondi 150 milliondan ziyodni tashkil qiladi. Mazkur tizimda 25 210 nafar xodim xizmat qilmoqda.
Deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etilgan mazkur qonun loyihasi ushbu tizimda xizmat qilayotgan xodimlarni rag‘batlantirish, kutubxonachi kasbining nufuzini oshirish, kutubxona ishiga yosh, iqtidorli, ilg‘or kadrlarni jalb etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Loyiha bilan 21 may kunini O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni etib belgilash va ushbu sana munosabati bilan kutubxonachilarni ko‘p yillik halol mehnati, axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash hamda rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda.
Deputatlar xalqimizning ma'naviy-ma'rifiy dunyosini boyitishga xizmat qiladigan mazkur qonun loyihasini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:01 / 11.07.2026
Uy qurilishiga ulush kiritgan shaxslarning mablag‘larini himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlandi
08:45 / 10.06.2026
Jahon shaharlari reytingi: aholi uchun eng ko‘p kutubxona qayerda?
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
15:26 / 18.02.2026