Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» sentabr oyida qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi
Foto: KUN.UZ
Sentabr — kuzning birinchi oyi, biroq bu oy O‘zbekistonda ob-havo sharoitlariga ko‘ra ko‘proq yozni eslatadi, faqat harorat foni birmuncha qulay.
Iqlimiy me'yorlarga muvofiq, O‘zbekistonda sentabr oyi yilning eng quruq oylaridan biri hisoblanadi. Yog‘inlar juda kam bo‘lib, oy davomida o‘rtacha 1-3 marta yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ularning miqdori esa o‘rtacha iyul va avgust oylaridagiga qaraganda salgina ko‘p — tekislik hududlarda 2 mm.dan 6 mm.gacha, tog‘li joylarda 10-20 mm.gacha yetadi, deb xabar qilmoqda respublika Gidrometeorologiya markazi.
Oyning birinchi yarmida kunduzgi havo harorati odatda 30-33 daraja atrofida, oyning ikkinchi yarmida esa 26-29 daraja atrofida bo‘ladi. Eng iliq sentyabrlarda ayrim kunlari termometr ustunchasi 35-39 darajagacha ko‘tariladi. Sovuq havo oqimlari kirib, kunduzgi harorat 22-25 darajagacha tushadigan, ba'zan esa undan ham past bo‘ladigan holatlar kamdan-kam kuzatiladi va bunday sovuq davrlar qisqa muddatli bo‘ladi.
Biroq, bu yil sentabr oyi bizni salqin havo bilan qarshi oladi. Avgust oyining so‘nggi kunlaridan harorat 27-32 darajagacha pasayadi, sentyabrning ilk kunlari juda issiq yoz «aybini» yumshatib harorat kechasi 12-17 darajagacha, kunduzi 23-28 darajagacha tushadi, bu shu davr uchun xos bo‘lgan iqlimiy me'yorlardan 4-6 darajaga pastdir.
Bulutlar ham ko‘payib, 1 sentyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida, 2 sentyabrda Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Ob-havoning bunday o‘zgarishlari Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havoning kirib kelishi bilan tushuntiriladi.
Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘lgan nisbatan salqin ob-havo respublikamizda sentabr oyining birinchi haftasida saqlanib turadi.
Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechasi 12-17 darajadan 7-12 darajagacha, kunduzi 28-33 darajadan 21-26 darajagacha o‘zgarib turadi. Ayrim kunlarda qisqa muddatli kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Umuman olganda, kuzning birinchi oyidagi ob-havo iqlimiy me'yorlar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
13:47 / 30.12.2025
6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
11:42 / 29.12.2025
Hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda – O‘zgidromet
12:12 / 26.12.2025
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
09:59 / 23.12.2025