Agrobank: «Mustaqillik – yoshlar nigohida»
Hech kimga sir emaski, ozod va obod mustaqil O‘zbekiston bugungi kunda xalqaro maydonda o‘z nomi va salobati bilan jahon ahlini o‘ziga maftun etmoqda.
Bularning barchasi mustaqillik tufayli amalga oshmoqda hamda Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy sohalarda belgilab olingan aniq vazifalarning hayotga to‘g‘ri tadbiq etilayotganligi sabab yuzaga chiqmoqda.
Mana shu qutlug‘ kun ya'ni, «Eng aziz, eng ulug‘» ayyom mustaqilligimizning 28 yilligi hozirda «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» shiori ostida shahar va qishloqlarimizda, turli davlat va jamoat tashkilotlarida, vazirlik va idoralarda ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.
Ushbu muborak sanaga bag‘ishlab «Agrobank» ATB Bosh ofisida bank xodimlari farzandlari uchun bayram tadbiri uyushtirildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad kelajak avlod vakillarini ona Vatanga sadoqat, mehr-oqibat, bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, tafakkur tuyg‘ularini shakllantirish, kitobxonlikka chorlash hamda mustaqillik to‘g‘risida kengroq tasavvurga ega bo‘lishga qaratilganligi bilan ham yanada ahamiyatli bo‘ldi.
Bayramda ertak qahramonlarining sahnaga chiqishi, «Kim chaqqonu – men chaqqon» sport o‘yinlari, «Vatanim – ranglar jilosida» rasmlar tanlovi, mantiqiy fikrlash kabi bir-biridan qiziqarli dasturlar bolajonlar qalbiga olam-olam quvonch ulashdi.
Tadbir so‘ngida bank rahbariyati tomonidan joriy yilda maktabga chiqadigan birinchi sinf o‘quvchilari uchun o‘quv-qurollari, turli janrdagi kitoblar jamlanmalari taqdim etildi.
Bayram kuy-qo‘shiqlarga va qiziqarli o‘yinlarga ulanib ketdi.
Sayt: www.agrobank.uz
Telegram: t.me/AgrobankChannel
Instagram: @Agrobank_uz
Facebook: fb.com/AgrobankUzbekistan
«Agrobank» ATB matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:21 / 10.06.2024
"Agro Invitro": Jizzaxda qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion loyiha ishga tushirildi
15:05 / 29.04.2024
«Agrobank» Oltinsoy filiali boshqaruvchisi xizmat avtomobilida YTHga uchradi
16:39 / 07.12.2023
Agrobank ATB tizimdagi korrupsion holatlarga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumot berdi
08:57 / 06.10.2023