Ipoteka-bank: Fidoiy xodimlar Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi bayrami munosabati bilan tantanali tarzda taqdirlanishdi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi arafasida «Ipoteka-bank» ATIB Bosh ofisida bank rahbariyati ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Boshqaruv Raisi ochib berib, bank jamoasi va mehmonlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Yig‘ilishda bank tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish borasida yosh kadrlarni intellektual va ma'naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni har taraflama qo‘llab-quvvatlash shuningdek, moliya sohasiga innovatsion yangiliklarni keng tatbiq etish bugungi kun muhim vazifalari ekanligi ta'kidlab o‘tildi.
Bank tizimini xalqaro talab va mezonlar asosida taraqqiy toptirish, uning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, jahon miqyosidagi obro‘-e'tiborini oshirish borasidagi olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar xususida to‘xtalib, bu borada Ipoteka-bank rivojiga alohida hissa qo‘shayotgan bir guruh fidoiy, tashabbuskor xodimlar bayram arafasida faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi lektori To‘lqin Eshbek ham ishtirok etib, mustaqillik eng ulug‘, eng aziz ne'mat ekani shu bilan birga bugun biz erishgan, kelgusida erishadigan yuksak marralar, ozod va obod Vatanimiz manzaralari, avvalo, istiqlol sharofati ekanligini alohida e'tirof etdilar.
Shu o‘rinda qayd etish mumkinki, ushbu bayram o‘z diyorini sevgan, uning buyuk tarixini va ko‘p yillik an'analarni e'zozlagan, Vatan ravnaqi yo‘lida o‘z kuchi va mehnati, bilim va iste'dodini ayamagan barcha insonlarni birlashtiradi.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
«Ipoteka-bank» ATIB Matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
12:40 / 08.01.2024
«Ipoteka-bank»da xizmat ko‘rsatilayotgan ayrim klasterlarning qarzdorligi boshqa banklarga o‘tkaziladi
19:00 / 11.07.2023
“Ipoteka-bank” ATIB aksiyadorlari o‘z ulushlarini sotish huquqiga ega ekanligi ma’lum qilindi
21:23 / 24.03.2023
«Ipoteka bank» 324 mln dollarga sotilgani ma’lum bo‘ldi
20:00 / 05.04.2022