O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?
Respublika Gidrometeorologiya markazi 31 avgust - 3 sentabr kunlari uchun ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba'zida esa 23-25 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 31 avgustda 12-17 daraja, 1-3 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 31 avgust-2 sentyabrda 22-27 daraja, 3 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 avgustda kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 1-3 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 1 sentyabrda ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31 avgustda 15-20 daraja, 1-3 sentyabrda 12-17 daraja iliq, kunduzi 31 avgustda 27-32 daraja, 1-2 sentyabrda 23-28 daraja, 3 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31 avgustda 15-20 daraja, 1-3 sentyabrda 13-18 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2 sentyabrda ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 avgust-1 sentyabrda kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq, 2-3 sentyabrda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 31 avgustda va 3 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1-2 sentyabrda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 avgustda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 1-3 sentyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:55 / 15.11.2024
16 noyabr kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin
11:46 / 14.11.2024
15 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024